Xarakter


Saqlash
12:04 / 17.04.2023 1 12876

Xarakter (yunoncha charaktir – belgi, ajratuvchi sifat, xislat) – ijtimoiy muhitda tarkib topadigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikda va o‘z-o‘ziga munosabatlarida ifodalanadigan, uning muayyan vaziyat va sharoitda namoyon bo‘luvchi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror, turg‘un ruhiy xususiyatlarining majmuasi.

 

Xarakter xususiyatlari kelib chiqishining fiziologik sharoitlaridan biri – bu ko‘chish mexanizmi asosida turli dinamik stereotiplarning hosil bo‘lishidir. Temperament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xususiyatlarining paydo bo‘lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri. Inson xarakterining ayrim xususiyatlarining o‘zaro bog‘liq, bir-biriga tobe yaxlit organizmi uning tuzilmasi (strukturasi) deyiladi. Ruhiy xususiyatlarning o‘zaro bog‘langan tizimi simptomokomplekslar yoki faktorlar deb ataladi.

 

Xarakter xususiyatlarining 4 ta tizimi mavjud:

 

1) jamoaga, guruhga, ayrim insonga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqa);

2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga mas’uliyat yoki mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lish va boshqa);

3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarga ayab yoki ayamasdan yondashish va boshqa);

4) insonning o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (izzatnafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik va boshqa).

 

Xarakter tuzilishining xususiyatlariga ularning chuqurlik darajasi; faolligi, kuchi; barqarorligi, o‘zgarmasligi; ma’lum darajada plastikligi kabilar kiradi. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar uning xislatlari deb nomlanib, ma’naviy va irodaviy turkumlardan iborat. Xususiyat tug‘ma, o‘zgarmaydigan bo‘lmaydi, shuning uchun u insonning turmush sharoitiga bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Modomiki shunday ekan, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga qo‘shilgandagina xarakter xislatlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Xarakter irsiyat bilan bevosita aloqaga kirmaydi, chunki u ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan tavsiflanadi. Xarakterning shakllanishida bir necha turli psixologik mexanizmlar mavjud bo‘lib, ularning izida odatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, xarakter umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, u milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Shu boisdan o‘zbeklarning o‘ziga xos milliy xarakter xislatlari mavjud. Istiqloldan keyin milliy ma’naviyat va qadriyatlarning tiklanishi tufayli xarakterning sof fazilatlari barqarorlashib bormoqda. Xarakterning mohiyati, tuzilishi va turlarini psixologiyaning maxsus sohasi – xarakterologiya o‘rganadi.

1 Izoh

Baxtiyor

10:11 / 30.11.2023

Xarakterni boshqara olmaydiganlarga qanday maslahatlar berasizlar.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 277
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 223
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 416
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 890
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204564
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95719
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21963
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19728
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15122
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14967
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12877
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11783
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya