Omad yosh tanlamaydi


Saqlash
15:05 / 07.05.2024 1 320

Koʻpchilik yuksak marralarga 40 yoshgacha chiqiladi, undan keyin nimaga ham erishib boʻlardi, deb oʻylashadi. Ammo atrofdagi insonlarning yutuqlarini koʻrarkansan, omad yosh tanlamaydi, degan qarash qanchalar toʻgʻriligiga ishonasan kishi. Quyida sizga oʻz davrida, vaqt va makon tanlamasdan olgʻa intilib, gʻalaba qozongan insonlar haqida hikoya qilamiz. 

 

Donald Fisher

Rafiqasi oʻzlarining shaxsiy “GAP” savdo doʻkonini ochish taklifini bildirganida Donald 40 yosh edi. Buning ustiga Donaldning libos dizaynerligi va savdo-sotiq borasida hech qanday tajribasi boʻlmagan. Ammo baribir ular bu doʻkonni ochishdi va bugun “GAP” dunyo moda olamida eng yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

 

Charlz Darvin

Mashhur evolyutsiya nazariyasi muallifi Charlz Darvin 50 yoshigacha hech qanday kashfiyot qilmagandi. Nihoyat u “Turlarning kelib chiqishi” asarini yozadi. Va bu kitob butun dunyoda insoniyatning oʻzi haqidagi fikrlarini mutlaqo oʻzgartirib yuborishiga sabab boʻldi. Shuningdek, Darvinni butun dunyoga mashhur ham qildi.

 

Rodni Dangerfild

Stand-up janrining afsonaviy vakillaridan biri Rodni Dangerfild ilk bor tungi klublarda chiqish qila boshlaganida 40 yoshda boʻlgan. Ammo Rodni bu haqida koʻpam oʻylamasdi, shunchaki sevimli ishini qilardi. Qarorining natijasi koʻp kuttirmadi. Oʻsha paytlarda “Eda Sallivan shousi”dagi ijro etgan roli unga nafaqat katta omad olib keldi, balki oʻz davrining eng mashhur va boy aktyorlaridan biri boʻlishiga sabab boʻldi.

 

Sem Uolton

Sem Uolton chakana savdo-sotiq ishlarini boshqarishda quvonarli yutuqlarga erishgan boʻlsa-da, ishini kengaytirish haqida koʻp oʻylardi. Natijada u oʻttiz yoshida mashhur “Wal-Mart” supermarket tizimini yaratadi. Ushbu supermarketning birinchi doʻkoni ochilganida Sem 45 yoshda edi.

 

Sten Li

1961-yil 39 yoshli Sten Li birinchi bor “Fantastik payshanba” nomli komiks-xit asarini eʼlon qiladi. Oradan bir necha yil oʻtib esa illiyustrator afsonaviy “Marvel”ni yaratdi. Butun dunyoga mashhur va sevimli boʻlib qolgan ijodkor shu bilan toʻxtab qolmadi. Uning “X odamlar” va “Spayderman”larini ham bugun muxlislar sevib oʻqishadi.

 

Juliya Chayld

Juliya Chayld umri davomida reklama, media va jurnalistika bilan shugʻullangan. Ammo faoliyati, yutuqlaridan kasbiy baxt, xotirjamlik topa olmagan Juliya 50 yoshida hayotida tubdan oʻzgartirishga qaror qiladi va oʻzining sevimli xobbisi bilan shugʻullana boshlaydi. Natijada pazandalik haqidagi birinchi kitobi ayolni butun dunyoga mashhur oshpaz-pazanda sifatida namoyon etdi.

 

Xarland Senders

Xarland 62 yoshida “KFS” ni oʻylab topadi va uni rivojlantiradi. 12-yildan soʻng esa uni ikki million dollarga sotib yuboradi. Koʻrganingizdek, muvaffaqiyatga hech qachon kech qolmaymiz. Shunchaki harakat qilish uchun bahonalardan yuqoriga koʻtarila olish va tinimsiz mehnat, oʻzgacha loyihalar kerak. Shundan soʻng omadning oʻzi sizni izlab topadi, ishonavering!

 

Sevara Musayeva tayyorladi

 

1 Izoh

Баходир

16:05 / 12.05.2024

Рахмат жуда ажойиб

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 237
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 530
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205802
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96388
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22613
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21672
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16675
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15891
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14121
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12212
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya