Oybek kepakli osh yegan qish oqshomi


Saqlash
11:01 / 31.01.2023 0 1047

...Oybek ana shunday mushkul bir sharoitda “Navoiy” romanini yozib tugatdi.

Elektr yoʻq – hanuz bizga kelib yetmagan. Oʻtin-koʻmir yoʻq – pech yoqolmaymiz. Bir qop, yarim qop koʻmirni amal-taqal qilib topamiz. Sandalda oʻtirib kun koʻramiz. Baʼzan qop koʻtarib, Oybek koʻmir izlab ketadi. Uy sovuq boʻlganidan bolalar koʻpincha sandalga tiqilib, uxlab qoladilar.

Bir kecha, yodimda, Oybek yozib oʻtirardi. Men ham yozibmi, oʻqibmi, oʻtiribman.

– Zarifa, qornim och, juda ochiqdim, deb qoldi Oybek.

Men nima deyishni bilmayman, indamadim, javob qilolmadim. Negaki, uy qup-quruq edi.

– Biror narsa yoʻqmi? – soʻradi Oybek.

Oʻrnimdan turib, shkafni axtardim. Hujradagi xurmacha, xaltalarni tekshirdim. Bir hovuch yirik kepak, bir-ikki qoshiq shakar topdim, soʻng xurmachaning tagini sidira-sidira bir qoshiq yogʻ oldim. Primusda kepakni qovurib, soʻng unga shakar aralashtirib, dasturxonga tortdim. Bilmadim, bu qanday taom boʻldi ekan? Oybek hazratlari nomi menga ham nomaʼlum boʻlgan bu taomdan bir-ikki marta qoshiq uchida olgan boʻldi. Soʻng “Sen xam yegin”, deb meni qistadi.

– Yoʻq, ochiqmadim. Oʻzingiz yeya bering, – dedim unga.

Mening ham qursogʻimda hech narsa yoʻq, faqat qanoat bor, xolos.

Oybek ozgina yedi. Ozginasini qoldirib, dedi:

– Ertalab bolalarga berarsan.

Menga boqib jilmaydida, tagʻin yozuvga kirishdi. Bilmadim, bemazalikdan yeya olmadimi yoxud bolalarga ilinib, tomogʻidan oʻtmadimi?..

Ikkovimiz ham sandal chetida oʻtiribmiz. Men bu kechani sira unutolmayman. Tovoq-tovoq palovlar, kaboblar, somsalar, patirlar toʻla uyimiz olqib-chalqib turganda, bizning oʻsha gʻarib kechamiz koʻz oldimga keladi, hamisha...

Zarifa SAIDNOSIROVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 142
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 424
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204924
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95890
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22205
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20459
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16226
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15433
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13342
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11969
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya