Muzlamaga qarshi muzlamas yo‘llar – Islandiyada nafaqat uylar, yo‘laklar ham isitiladi


Saqlash
10:12 / 13.12.2022 0 1469

Qish yilning o‘ziga xos fasli, kimdir sovuq va izg‘irin tufayli uni xushlamasa, boshqa birov tog‘da chang‘i uchish yoki qorbobo yasash uchun qorli kunlarni intiq kutadi. Ammo qahraton kunlari farrosh va qor kurovchi mashina haydovchilarining qo‘li-qo‘liga tegmaydi.

 

 

Ayrim shimoliy o‘lkalarda esa ustma-ust qor yog‘avergach, ularni tozalash mashaqqatli yumushga aylanadi. Muzlamani bartaraf etish uchun odatda qum yoki maxsus tuz sepiladi, xavfli sumalaklar lazer tayoqchalar yordamida tushiriladi. Islandiyaliklar esa yaxmalak bilan kurashishda nodatiy yechimni topishgan.

 

 

Islandiya poytaxti aholisi va mehmonlari shahar ko‘chalarida sayr etarkan, muz ustida toyilishdan hech qo‘rqmaydilar. Chunki Reykyavikdagi barcha yo‘laklar oroldagi son-sanoqsiz geyzer buloqlaridan chiqadigan tabiiy issiq suv bilan isitiladi.

 

 

Issiq suv mamlakatda katta va beminnat energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, issiq suv elektrostansiyalarda elektr tokiga aylanadi. Issiqlik energiyasi yilning barcha faslida shahar yo‘laklarini muzlatmay, aholi harakatlanishiga qulaylik tug‘diradi.

 

 

Yo‘laklar hamisha quruq va toza,odamlar yurishi uchun qulay holatda bo‘ladi.

 

Abdumajid AZIMOV tayyorladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 265
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205877
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96437
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21817
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15948
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14214
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12271
Ommaviy madaniyat