Uyingiz issiq boʻlsin – sovuq havoda uy haroratini issiq tutish uchun 6 maslahat


Saqlash
10:12 / 07.12.2022 1 2552

Bugungi qirovli kunlarda xonadonni issiq tutish har bir oila uchun muhim masalaga aylandi. Sovuq kunlari uyingiz issiq boʻlishi uchun qoʻshimcha qanday choralardan foydalanish mumkin? Quyida bir nechta samarali va sinalgan usullarni taklif qilamiz.

 

1. Toʻqima mahsulotlar

 

Devor hamda poldan sovuq va zax ajralmasligi uchun imkoni boricha gilam va palosdan foydalaning. Gilamlar bilan cheklanib qolmasdan, xonadoningizni koʻproq toʻqima buyumlar bilan bezating. Toʻqima mahsulotlar oʻz vazifasiga koʻra issiqlikni saqlaydi. Buni bir tajriba orqali isbotlash mumkin: issiq matolar boʻlmagan xona 1–2 soat ichida soviydi, toʻqima buyumlar bilan bezatilgan xonada esa isitgichlarsiz 3–5 soat davomida issiq ushlanib turadi.

 

 

2. Qalin pardalardan foydalaning

Sovuq mavsumda pardalar ham xona haroratini bir maromda tutishda asqotadi. Sovuq mavsumda pardalar ham muhim ahamiyatga ega. Kunduz kuni quyosh nuri xonaga kirishiga toʻsqinlik qilmasligi uchun pardalarni tushurib qoʻymang. Kechqurun esa qalin pardalar bilan derazani yaxshilab berkitishni tavsiya qilamiz.

 

3. Isitgich va devor orasiga folga yopishtiring

Deyarli barcha xoʻjalik mollari doʻkonlaridan topish mumkin boʻlgan issiqlik qaytaruvchi material – oddiy folga qogʻozini isitgich (batareya) oʻrnatilgan devorga yopishtiring. Ushbu usul bilan radiatorlarning issiqlik chiqarishini sezilarli darajada oshirgan boʻlasiz.

 

 

4. Oynalarga pufakli polietilen plyonka oʻrnating

Polietilen plyonka qish mavsumida oynalarni izolyatsiya qilishda arzon va samarali vosita. Tadqiqotlarga koʻra, bu usul tashqaridan kiradigan havoni tutib qolmaydi, ammo issiqlik yoʻqotilishini 50 foizgacha kamaytirishi mumkin. Plyonkani oʻrnatish uchun uni shisha oʻlchamiga moslab kesish va oddiy suv bilan namlab yuzaga tekislab chiqishning oʻzi kifoya. Materialning shaffofligi xonaga yorugʻlikning yetarli darajada kirib borishini taʼminlaydi, biroq deraza xiralashishidan qochishning imkoni yoʻq.

 

 

5. Deraza tirqishlarini xoʻjalik sovuni bilan berkiting

 

Xonadonlarni barchasi zamonaviy plastik romlar bilan jihozlangan emas. Xususan, yogʻoch romlar tirqishlaridan kiruvchi sovuq havoni ushlab qolishda sovundan foydalanish mumkin. Xoʻjalik sovunining ishlatishga yaroqsiz mayda boʻlakchalarini qayerga ishlatishni bilmayotgan boʻlsangiz, marhamat – ulardan derazalarni izolyatsiya qilishda foydalaning! Shunday qilib, avval derazangizni qayeridan sovuq havo kirayotganini aniqlab oling. Soʻng kerakli miqdorda qogʻoz qirqib, uni sovun ivitilgan suvda namlang va sovuq kirayotgan tirqishlarni yamab chiqing. Ushbu usulda sovun yelim vazifasini bajaradi va yopishtirilgan qogʻoz tashqaridan kiruvchi sovuq havoni toʻsadi. Keyinchalik qogʻozlarni olib tashlashda ham hech qanday muammo boʻlmaydi, iz va dogʻlar qolmaydi.

 

6. Plastik romlaringizni qishki rejimga sozlang

 

 

Bilsangiz, plastik romlar ham mavsumiy qarovga muhtoj. Toʻgʻri, ularni boʻyash, qogʻoz tasma yopishtirish shart emas, ammo texnik jihatdan sozlash zarur. Bu amaliyot derazaning pastki qismidagi muzlashdan saqlaydi, bugʻlanish va mogʻor bosishidan himoya qiladi. Agar sozlash oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, romlarda qora dogʻlar paydo boʻladi. Avvaliga deyarli sezilmaydigan mogʻor vaqt oʻtib muammoga aylanishi mumkin.

Nigina QAHHOROVA tayyorladi.

 

1 Izoh

Лола Ахмедова

06:01 / 01.01.1970

Маслахат жуда уринли ,Рахмат !!!

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 268
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 335
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205882
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96440
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21820
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16712
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15950
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14217
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12276
Ommaviy madaniyat