Pasportimni so‘rama, ukam!


Saqlash
20:07 / 22.07.2022 0 1192

Voqea bundan bir necha yil ilgari, Toshkent viloyati hokimiyati Toshkent shahrida joylashgan paytda ro‘y bergan.

 

Xullas, Ohangaron tumani Uvak mahallasi fuqarolaridan birining shikoyat arizasiga ko‘ra, viloyat hokimligi mas’ullaridan biri MFY raisi, tuman bosh arxitektori va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbarlarini chaqirtiradi.

 

Hokimlikka kiraverishda IIB xodimi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini so‘raydi.

 

Dastlab MFY raisi Ikrom aka pasportini ko‘rsatadi.

 

– Familiyangiz?

 

– Bo‘riyev.

 

– Yaxshi, keyingisi.

 

So‘ngra tuman bosh arxitektori Rustam aka pasportini uzatadi.

 

– Familiyangiz?

 

– Yo‘lbarsov.

 

– Iye, zo‘r-ku (kulib qo‘yadi).

 

Eng oxirida IIB xodimi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla akaga qarab:

 

– Pasportingiz?

 

– Qo‘y, ukam, shuni so‘ramay qo‘yaqol! (hazil aralash)

 

– Beraqoling, amaki!

 

Xodim Fayzulla akaning familiyasini o‘qib, kulib yuboradi.

 

– Sherov!

 

Qattiq kulgu ko‘tariladi. Eng qizig‘ini eshiting! Shunda IIB xodimi:

 

– Qayerdan kelyapsizlar?

 

– Ohangaron tog‘laridan.

 

– Kimning oldiga?

 

– Qo‘chqorovning.

 

Shu joyini eshitgandan keyin, qotib qoldim. Shunaqasiyam bo‘larkan-da. O‘sha vaqtda Qo‘chqorov degan odam viloyat hokimligida qurilish kotibiyatida ishlagan ekan, qahramonlarimiz aynan shu kishining oldiga borishgan. Rostdan bo‘lgan voqea, ataylab qidirib ham bunday hodisani sahnalashtirolmaysiz.

 

Ana shunaqa...

 

 Elyor O‘TBASOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 164
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 427
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204942
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95894
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22222
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20503
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16254
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15447
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13406
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11979
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya