Bibirajab


Saqlash
16:07 / 16.07.2022 0 1262

 

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan Nargiza Hojiyeva bir necha yil oldin yuborgan xatdagi manzara  har kuni necha martalab ichimda jonlanadi, dilimni tirnab o‘tadi: biri-biridan chiroyli, mazali nonlar ichidan non tanlanadi... “yumshoqmi, qattiqmi?” degandek nonni olishdan oldin ezib ko‘riladi, tishlangan non shundoq chekkaga suriladi – xuddi po‘choqdek... Qo‘chalarda,   oyoq ostida, chiqitlar qutisida bir burdasi uchun qay zamonlarda odamlar xoru zor bo‘lgan non... Astag‘firulloh! Balki, o‘shanda shu nonning danakdekkinasida murg‘akkina Bibirajabning rizqi bo‘lsaydi...

 

“Otam qahatchilik yillarida birovlarning qo‘yini boqib yetimlikda kun kechirgan, – deb yozadi Nargiza. – Uchta akasi ikkinchi jahon urushiga ketib qaytmagan, Bibirajab ismli singlisi bilan amakisining qo‘lida qolishgan ekan.

 

Qo‘yini boqqani evaziga kimdir bitta zog‘ora kulcha, kimdir bir hovuch kunjara berarkan. Otam bu xotirasini bizga ibrat ma’nosida necha marta gapirmasin, ko‘zidan yosh arimasdi: “Bir kuni kech kirganda qo‘ylarni uy-uyiga tarqatib, amakimnikiga qaytdim. Yangam “Buni yaxshi chaynab yenglar”, deb o‘z bolalari va mening kaftimga oz-ozdan kunjara soldi. Beshikda qorni ochlikdan ko‘zlari jovdirab yotgan singlimga ham doka matodan so‘rg‘ich qilib, ivitilgan kunjara suvidan berdi.

 

Erta tong... notinchlikdan uyg‘onib ketdim: yangam amakimga “Go‘dakka men kunjara bergandim” deb bo‘zlab-bo‘zlab yig‘lar, o‘z-o‘zini qarg‘ar, amakim esa: “Xudoning xohishi shu ekan, bizning qo‘limizdan hech ish kelmaydi”, deb ezilib gapirardi. Avvaliga hech narsani tushunmadim. Keyin... sekin ularning oldiga borib... ko‘rpacha ustida jonsiz yotgan singlimni ko‘rdim...”

 

So‘zim avvalidagi fikrlar sababini anglagandirsiz. Izoh ortiqcha. Mulohazakor qalblar xulosa qildilar, deb o‘ylayman.

 

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 174
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 433
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204989
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95906
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22227
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20541
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16284
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15465
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13426
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11986
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya