“Rezyumega rasm qoʻyish ishga kirish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin” – baʼzi mamlakatlardagi gʻayrioddiy odatlar va qoidalar haqida 7 fakt


Saqlash
17:07 / 06.07.2022 0 1905

Biz bir sayyorada yashaymiz, ammo turmush-tarzimiz oʻzgacha. Qaysidir xalq uchun ijobiy sanalgan odatlarni boshqa elat hurmatcizlik deb qabul qilishi mumkin. Shu bois biror mamlakatga borganingizda, ularning qoidalarini bilmasangiz, noqulay ahvolda qolishingiz mumkin. Bugun hukmingizga baʼzi mamlakatlar qabul qilgan gʻayrioddiy odatlarni taqdim etamiz.

 

1. Olmoniyada qarsak chalmang, stol taqillating

Germaniyada foydali uchrashuv yoki master-klass oxirida qarsak chalishdan koʻra, stol taqillatishni afzal bilishadi. Nemislar qarsak spektakl yoki konsertlarda chalinishi kerak, deb hisoblashadi. Shuningdek, siz olmon urf-odatlariga hurmat koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, har safar yangi qadah koʻtarganda stakanni sekin chertishni va “Prost” deyishni unutmang!

 

2. Ispancha tanishuvdan hayratlanmang

Ispanlar baland ovozda gapirishlari va doimiy yuqori kayfiyatda boʻlishlari bilan mashhur. Ular oʻzlarini qanday usulda tanishtirishlari bilan hech qiziqib koʻrganmisiz? Ispaniya koʻchalarida yurarkansiz, biror qiz oʻzini tanishtirish uchun yuzingizdan oʻpsa, hayron boʻlmang. Bu “Salom!” deyishning ispancha usuli.

 

3. Fransuzcha nazokatni oʻrganing

 

 

Pishloqni yoqtirasizmi? Agar javobingiz “ha” boʻlsa, fransuz oilasida mehmon boʻlganingizda, oshqozoningizda u uchun ham ozroq joy qoldiring. Chunki fransuzlar ovqatdan soʻng qizil sharob va pishloq tanovul qilishni yoqtirishadi. Darvoqe, qizil sharob ichgan stakaningizni tozalamasdan turib, uning ustiga oq sharob quymang. Aks holda, ziyofat paytida kulgiga qolishingiz mumkin.

 

4. Italyanlar tez yordam mashinasini koʻrib duo qilishadi

Italiyada rohibalar va tez yordam mashinasini koʻrishni falokat belgisi yoki oʻlim bilan bogʻlashadi. Shu bois italiyaliklar ularni uchratib qolganida choʻqinib olib, duo qiladi va boshqalarga ham buni maslahat berishadi.

 

5. Hindistonda hammasi kinodagidek emas

 

 

Hindistonda qoʻl ushlashib yurgan juftliklarni tez-tez uchratish mumkin. Ammo bu ularning ishqiy munosabatda ekanini bildirmaydi. Chunki bunday yurish hindistonliklar uchun shunchaki doʻstlik belgisi, xolos. Hindistonda hamma odatlar ham kinolarda koʻrsatilgandagidek emas. Masalan, hind filmlarining aksi oʻlaroq, mamlakatda er-xotin, juftliklar munosabatlarini omma oldida namoyish etishlarini deyarli koʻrmaysiz.

 

6. Kunchiqarda ovqatni chapillatib yesangiz xursand boʻlishadi

 

 

 

Xitoy, Koreya yoki Yaponiya kabi Osiyo davlatlarida taomning yaxshi chiqqanini bildirmoqchi va oshpazni maqtamoqchi boʻlsangiz, shoʻrvani chapillatib ichishingiz kerak. Garchi bu koʻpgina Gʻarb mamlakatlarida qoʻpol odat hisoblansada, sharqliklar bundan faqat xursand boʻlishadi.

 

7. Angliyada rezyumega surat qoʻshsangiz ishga kirolmasligingiz mumkin

 

Agar siz Irlandiya, Buyuk Britaniya yoki AQSHda ishga kirmoqchi boʻlsangiz, rezyumega shaxsiy maʼlumotlar (tugʻilgan sana, jins, oilaviy holat va hattoki rasm)ni qoʻshmaslikni tavsiya qilamiz. Boisi bu davlatlar qonunchiligi ish beruvchilardan faqat xizmat koʻrsatish darajasiga qarab ishga yollashni talab qiladi. Bu esa oʻz-oʻzidan nomzodlarni adolatli tanlash imkoniyatini yaratadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 264
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205875
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96429
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22667
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21808
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15948
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14214
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12268
Ommaviy madaniyat