Duo


Saqlash
21:05 / 09.05.2022 0 978

 

 

1941-yil, avji saraton. Qishloqning bir guruh bo‘z yigitlari urushga chaqirildi. Jo‘nashga chog‘langan yigitlar ota-onalarining istaklariga binoan 100 yoshli Sanam momodan duo olishga bordilar.

 

– Assalomu alaykum, momojon. Bizlarga duo bering. Frontga ketyapmiz, – dedi ulardan biri, momo bilan hol-ahvol so‘rashilgach.

 

– Nimaga ketyapsilar? – dedi momo xiralashib qolgan ko‘zlari bilan ovoz chiqqan tomonga qarab. Bir asrni yashab qo‘ygan momo uchun «front» so‘zi juda g‘alati tuyulgandi.

 

– Urushga ketyapmiz, momo. Fashistlar yerimizga bostirib kiribdi.

 

Momo yana umrida eshitmagan so‘zlar aralash gapning orasidagi «yerimizga bostirib kiribdi» jumlasigagina sal-pal tushundi. U qo‘shni qishloqning bolalari tushmagurlar, bu qishloqqa o‘g‘irlikka kirgan-ov, shunga yigitlarning jahli chiqib, tepalashmoqchi, deb o‘yladi.

 

– Eyy, bolalarim! Sira tinib-tinchimaysilar-da. Bo‘lar-bo‘lmasga ur-sur qilavermanglar. Bir tayoq – baxt, bir tayoq – badbaxt. Tepalashayotgan paytlaring ehtiyot bo‘lib urishinglar-da. Tag‘in ko‘z-po‘zlaringga tegib ketmasin…

 

Mehribon ABDURAHMONOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 264
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205875
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96428
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22665
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21805
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15947
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14213
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12266
Ommaviy madaniyat