Ilk uchrashuv


Saqlash
20:02 / 13.02.2022 0 980

…Bobur gulning xush bo‘yi dimog‘iga urilgan zahoti jilovni beixtiyor tortib, otini to‘xtatdi. Uzangiga oyoqlarini tirab, egardan bo‘y cho‘zdi-da, devor tepasidagi qizga tikilib qaradi. Endi unga qizning olov chaqnatib turgan qop-qora ko‘zlari, bu ko‘zlarga nihoyatda yarashgan gulrang yonoqlari aniq ko‘rindi. Bobur bu ko‘chadan avval ham o‘tgan edi. Qiz avvalari ham uni ko‘rib, tanib qolgan ekanmi, ko‘zlari mo‘ltirab va uyalib bosh egdi. Bu uning salom berganimidi yoki xayrlashganimidi? O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi bu qizning jozibasiyu mo‘ltirab bosh egishi Boburga shunday ta’sir qildiki, u bir lahza nima qilishini bilmay esankirab turdi.

      

Boburni Muzaffar Mirzoning Xirot bo‘yicha dorug‘asi Yusuf Alibek kuzatib bormoqda edi. Qirq yoshlardan oshgan ko‘ngilchan bu bek devor tepasidagi qizni tanib kuldi-yu:

   

– Iye, Mohimmisiz! – dedi. – Obbo, Mohchuchuk-yey, katta qiz bo‘lib qolibsiz-a!

Qiz go‘yo endi o‘ziga keldi, «lip» etib, boshini devor ortiga oldi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

     

Yuzi qandaydir ichki olovning taftidan qizargan, ko‘zlari g‘alati chaqnagan Bobur Yusuf Alibekdan shoshib so‘radi:

– Kim? Kim dedingiz?

– Amirzodam, bu hovli Sulton Sohibqironning uzoq qarindoshlaridan biriga qarashli. Qizning otasi Husayn Boyqaroning nufuzli devonboshilaridan edilar. Bordi-keldimiz bor edi…

     

Otlar yurib bormoqda edi. Bobur Mohim deb atalgan qizning tobora uzoqda qolayotganini o‘ylab, ko‘nglida kuchli bir armon sezdi. Yigirma kun Xirotda yurib, bu qizni nega faqat endi, jo‘nab ketayotgan paytda ko‘rdi?

     

…O‘sha qish Bobur ko‘rsatgan mardlik va dovyuraklikning mukofoti shu bo‘ldiki, Qosimbek Xirot chorbog‘ida uchragan go‘zal qizni izlab topdi. Bobur Kobulda katta to‘y qilib, Mohim bonu ismli bu olov qizga uylandi va oradan bir yil o‘tar-o‘tmas undan ajoyib o‘g‘il ko‘rdi. Baxtli istiqbol orzusi bilan bu to‘ng‘ich o‘g‘ilni Humoyun deb atadilar.

 

Pirimqul Qodirov,

“Yulduzli tunlar”dan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 264
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205875
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96428
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22665
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21807
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15948
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14213
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12267
Ommaviy madaniyat