Uzum sotuvchi


Saqlash
11:01 / 28.01.2022 0 1568

Bir kuni kichkina qizchamni yetaklab bozorga tushdim. Uzum olmoqchi bo‘ldik. Bir badjahl, qo‘rs odam uzum sotyapti. Qovog‘i menikidan ham battar osilib ketgan. Yaqinlashib narxini so‘radim.

  Ko‘rmayapsizmi, yozib qo‘yibmiz-ku! – deb jerkib berdi u.

  Ha endi, bu bozor – xaridor degani savdolashadi, tortishadi.

  Siz bilan tortishib o‘tirishga vaqtim yo‘q! Olsangiz oling, bo‘lmasa tovarni to‘smang!

Baribir savdolasha boshladik. Men u dedim, u bu dedi, xullas, o‘n so‘mlik uzumni sakkiz yarim so‘mga kelishdik. Qarab turibman, haligi amaki torozining pallasini taraqlatib jahl bilan uzum tortyapti. Bir payt qizchamga ko‘zi tushib, butunlay boshqa ohangda so‘radi:

  Iye, bu yaxshi qizaloq ekan-ku! Isming nima? Ma, manovi senga… – deb salkam yarim kilo keladigan uzum boshini qizimga uzatdi. Hayron bo‘laman, men bilan shuncha tortishgani nima-yu, shuncha uzumni tekinga berib yuborgani nima? Berishga berdi-yu, lekin ogohlantirib qo‘yishniyam unutmadi: – Buni o‘zing yegin, xo‘pmi? Dadangga berma, shundoq ham u meni qaroqchiday qaqshatib ketyapti!..

Qarasam, boshqa sotuvchilar ham unga jilmayib qarab turishibdi. Ular bu odamning sirti qo‘pol, lekin ichki dunyosi nechog‘lik yorug‘ligini bilishar, u savdo qilayotganida doim kuzatib turishar ekan. Uyga qaytayotib e’tibor qilsam, o‘zim ham jilmayib ketayotgan ekanman…

 Sharof BOSHBEKOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 330
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205857
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96422
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22659
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21792
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16704
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15944
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14203
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12252
Ommaviy madaniyat