Hidoyat


Saqlash
12:01 / 05.01.2024 0 868

Hidoyat – toʻgʻri yoʻl, Haq taolo daʼvat etgan, amr etgan yoʻl, haqiqiy eʼtiqod yoʻlidan yurish, zalolatning qarama-qarshisi. Hidoyat Alloh oʻz bandalari uchun koʻrsatgan eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi. Qurʼoni Karimning koʻplab oyatlarida hidoyat toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Ularda taʼkidlanishicha, Alloh taolo hidoyat yoʻliga hammani ham boshlamaydi, balki oʻzi xohlagan, tanlagan kishilarnigina bu neʼmatga musharraf etadi. Hatto Paygʻambarimiz (s.a.v.): “Sen xohlagan kishingni hidoyatga erishtira olmaysan, lekin Alloh oʻzi xohlaganiga hidoyat ato qilur” degan mazmunda oyat nozil qilingan. Hidoyat sari daʼvat qilish yaxshi, lekin unga erishish Allohning izni bilan amalga oshar ekan. Hidoyat imon-eʼtiqodni mustahkamlaydi, maʼnaviyatni shakllantirish asosi hamda omili hisoblanadi. Hidoyatning mazmun-mohiyatini maʼnaviy fazilatlar tashkil qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 186
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 442
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205038
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95922
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22241
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20616
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16315
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15502
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13456
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11991
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya