Haqorat


Saqlash
12:01 / 05.01.2024 0 847

Haqorat – kishining izzat-nafsi, iffati, gʻururiga tegadigan soʻzlar bilan shaʼni va qadr-qimmatini tushirish, tahqirlash amalga oshirilgan harakatni anglatuvchi tushuncha. Haqorat ogʻzaki, yozma ravishda yoki xatti-harakat, imo-ishoralar, shuningdek, boshqa shaxslar oldida yoki jabrlanuvchining eshitishiga ishonch hosil qilgan holda uning orqasidan amalga oshirilishi mumkin. Haqorat oqibatida maʼnaviy zugʻum tufayli shaxsning sogʻligʻiga shikast yetkazilishi mumkinligini ham istisno qilib boʻlmaydi. Shaxs shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash turli xatti-harakatlarda (masalan, beandishalik bilan soʻkish, turli haqoratomuz ibora va mulohazalarni yozish, yuziga tupurish, jabrlanuvchiga nisbatan behayo xatti-harakatlar va imo-ishoralar qilish va hokazo) ifodalanadi. Haqorat qilish jinoyatining tarkibi mavjud boʻlishi uchun shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash beodoblik bilan, yaʼni jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mutlaqo zid koʻrinishda ifodalanishi zarur. Haqorat qilish odatda bevosita sodir etiladi, ammo jabrlanuvchi bu haqda xabar topadi, degan taxmin bilan sirtdan, vositachi orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Haqorat qilganlik uchun javobgarlik masalasini hal etishda jabrlanuvchi shaxsning hissiyotidan kelib chiqib, xulosa chiqarish mumkin emas. Bu hissiyot oʻziga haddan ziyod bino qoʻyish xususiyatidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin. Xafa qilish har xil boʻlishi mumkin, ammo ularning hammasi ham haqorat boʻlavermaydi. Shaxs qadr-qimmatini tahqirlaydigan va beodoblik bilan qilingan harakatgina haqorat deb eʼtirof etiladi. Shaxsga berilgan salbiy baho haqiqatni aks ettiradi, ammo u beodoblik bilan bayon etilgan hollarda haqoratning tarkibi mavjud boʻladi. Aksincha, odob doirasida bayon etilgan tanqid haqorat hisoblanmaydi. Haqorat har doim maʼlum bir shaxsga qaratilgan boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 196
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 451
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205072
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95944
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22262
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20655
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16330
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15520
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13487
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12010
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya