Hayajon


Saqlash
11:01 / 05.01.2024 0 355

Hayajon – inson his-tuygʻulari namoyon boʻlishining bir koʻrinishini ifodalovchi tushuncha. His-tuygʻular kishining oʻz hayotida nimalar yuz berayotgani, nimalarni bilib olayotgani yoki nima bilan mashgʻul boʻlayotganiga nisbatan ichki ehtirosli munosabatidir. His-tuygʻularni boshdan kechirishning turli – hayajon, affekt, kayfiyat, stress (kuchli hayajonlanish), ehtiros koʻrinishlari mavjud. His-tuygʻular shaxsning hissiyot olamini tashkil etadi. Kishidagi his-tuygʻular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganidan dalolat beradi. Hayajon insonning ruhiy holati, faoliyati, ishchanlik darajasiga turlicha taʼsir etishi mumkin. Baʼzan hayajon kishini gʻayratlantirsa, boshqa hollarda uning faoliyatini susaytirib yuboradi. Kishini tez chulgʻab oladigan va shiddat bilan oʻtib ketadigan his-tuygʻu psixologiya fanida affekt (hissiy portlash) deb yuritiladi. Bu paytda kishining oʻz xulq-atvorini ongli nazorat qilish darajasi pasayadi, diqqati, xotirasi keskin susayib ketadi, irodasi oʻziga boʻysunmaydi. Kayfiyatlar uncha kuchli boʻlmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan barqaror hissiyotdir.

 

Kayfiyat shodu xurramlik yoki gʻam-qaygʻuga botish, tetiklik yoki lanjlik, hayajon yoki mayuslik, jiddiylik yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik kabilar tarzida kechadi. Stress – kuchli hissiy zoʻriqishdan iborat jarayon boʻlib, u xavf-xatar tugʻilgan, kishi xafa boʻlgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan vaziyatlarda roʻy beradi. Ehtiroslar deb kishi xatti-harakatlari yoʻnalishini belgilaydigan, barqaror, chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros, bedana urishtirishga ehtiros va hokazo. His-tuygʻular mazmun jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Intellektual (aqliy) his-tuygʻularga bilishga qiziqish, ajablanish, shubhalanish, taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bularning barchasi ijobiy, maʼnaviy xarakterga ega boʻlib, kishini bilishga, oʻrganishga, ishtiyoq bilan ishlashga undaydi. Maʼnaviy his-tuygʻularga doʻstlik, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, mehnatni sevish kabilar kiradi. Insonning axloqiy yetukligi, tarbiyalangani ana shu hislar orqali belgilanadi. Estetik his-tuygʻularga goʻzal, chiroyli, yoqimli narsalardan zavqlanish, shodlanish, huzur qilish, rohatlanish kabilar kiradi. Bu hislarning manbai goʻzal tabiat, sanʼat, adabiyot, chiroyli turmush kabilar boʻlishi mumkin. Shaxs intellektual, maʼnaviy, estetik tuygʻularni faoliyat va muloqot jarayonida boshidan kechiradi. Ijtimoiy voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ular yuksak his-tuygʻular deb ataladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 186
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 441
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205035
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95920
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22240
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20601
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16314
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15490
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13450
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11991
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya