Hamkorlik. Hamfikrlik


Saqlash
12:01 / 04.01.2024 0 297

Hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yoʻlidagi maʼnan birlashuvini ifodalaydi. Hamkorlikning mustahkam oʻrin egallashi dunyoda, mamlakatimizda tashkilot va ijtimoiy qatlamlar, turli institutlar oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asoslangan aloqalarni taʼminlash zarurati bilan izohlanadi. Jamiyatda totuvlik va barqaror taraqqiyot turli shaxslar hamda toifalar oʻrtasidagi hamkorlik va hamjihatlikka bogʻliq. Shaxs manfaatlari millat va jamiyat manfaatlariga uygʻunlashgan holdagina qatlamlar oʻrtasidagi munosabatlar va oʻzaro hamkorlikni yaxshilash, jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlashga zamin yaratish mumkin. Aksincha, ana shu hamkorlikning izdan chiqishi yoki munosabatlarning yomonlashuvi barqarorlikning buzilishiga olib keladi, beqarorlik, siyosiy boshboshdoqlik va milliy parokandalikni keltirib chiqaradi. Hamkorlikning vujudga kelishida maʼnaviyat katta oʻrin tutadi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning mohiyatini toʻgʻri tushunish tomonlarning bir-biriga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik hamfikrlik, ittifoqlik, doʻstona aloqalar, muammolarni bartaraf etishdagi bahamjihatlik vositasida taraqqiyotni taʼminlash imkoniyatlarini yaratadi. Shunga koʻra, hamkorlik maʼnaviyat bilan yaqin munosabatdadir. Davlatning bosh islohotchilik roli, eng avvalo, jamiyatdagi hamkorligini taʼminlaydigan maʼnaviy yuksaklik, iqtisodiy asoslar, siyosiy vaziyat, madaniy muhit, huquqiy-qonuniy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida namoyon boʻladi.

 

Hamfikrlik – turli davlatlar rahbarlari, siyosiy oqimlar, partiyalar, jamoat tashkilotlari, yakka shaxslarning oʻzaro muloqotida yagona xulosa va yechimga kelish jarayonidir. Muloqotlar boshlanishida fikrlar xilma-xilligi ustuvor boʻladi. Bu jarayonda turlicha qarashlar va koʻp fikrlik oʻzgarmay qolsa, yagona yechimga kelish amrimahol. Tomonlarni murosaga keltirish, ularni yagona yechimga olib kelish konsensus nazariyasi deyiladi. Uning asosiy maqsadi – tomonlarning manfaatlariga putur yetkazmaslik va barchani qoniqtiradigan yechimni topishdan iborat. Masalan, koʻpchilik davlatlar siyosatchilari davlat siyosatini din va xalq manfaatlarini hurmat qilish asosiga qurish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Qonun ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlari ustuvorligiga erishishda ham hamfikrlik zarur. Ayrim davlatlar tarixida xalq manfaatiga zid qonunlar qabul qilish, soʻngra qonun ustuvorligini talab qilish xalqni nochor ahvolga tushirib qoʻygani maʼlum. Shoʻrolar davrida ana shu holatni kuzatish mumkin edi. Baʼzan hamfikrlikning sinonimi sifatida odamlarning oʻzaro ittifoqligini ifodalashga xizmat qiladigan hamjihatlik atamasidan ham foydalaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 199
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 455
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205075
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95951
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22268
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20661
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16336
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15521
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13498
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12011
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya