Hamiyat


Saqlash
11:01 / 04.01.2024 0 351

Hamiyat (arabcha jahli tezlik, jizzakilik; gʻayrat, qunt; manmanlik, takabburlik, magʻrurlik) – oʻzining va oʻziga qarashli kishilarning or-nomusini boshqalarning tajovuzidan himoya qilishga boʻlgan intilish, or-nomusni pok saqlash tuygʻusini ifoda etuvchi tushuncha. Shunday intilish va tuygʻuga ega boʻlgan kishi “Hamiyatli odam” deyiladi. Ular jamiyatdagi egrilik, nopoklikka befarq qarab tura olmaydi. Oʻz xalqi va oʻzga ellarning urf-odatlarini hurmat qilish, jamiyat qonun-qoidalariga rioya etish, yurti, oilasi, doʻstlarining sharafini saqlash, himoya etish ham hamiyat sanaladi. Hamiyat soʻzining tilimizdagi hozirgi maʼnosi “oriyat”, “nomus”, “qadr-qimmat” tushunchalariga uygʻun boʻlib, salbiy maʼnoda deyarli qoʻllanilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 204
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 458
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205096
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95965
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22273
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20665
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16343
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15526
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13503
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12017
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya