Tarix – kelishib olingan yolgʻon choʻpchaklar uyumi. Napoleon Bonapartdan qilichday keskir iqtiboslar


Saqlash
16:12 / 14.12.2023 0 652

Hech qachon xato qilayotgan paytida dushmaningga xalaqit berma.

***

Oʻlim hech narsa emas, biroq magʻlub va sharmisor boʻlib yashash – bu ​​har kuni oʻlish degan gap.

***

Tarix – kelishib olingan yolgʻon choʻpchaklar uyumi.

***

Eʼtiqod ​​– kambagʻallar boylarni oʻldirib yuborishidan toʻxtatib turgan narsa.

***

“Imkonsiz” ​​– bu faqatgina ahmoqlarning lugʻatida uchraydigan soʻz.

***

Biror ish yaxshi bajarilishini istasang, unda oʻsha ishni oʻzing bajar.

***

Jasorat ham sevgiga oʻxshaydi – omon qolishi uchun unga umid zarur.

***

Siyosatda ahmoqlik nuqson sanalmaydi.

***

Askar bir tutam rangli lenta uchun jonini berib jang qiladi.

***

Jang maydoni betizgin xaos sahnasidir. Bu maydonda ham oʻzining, ham dushmanning tartibsizligini nazorat qila olgan tomon zafar quchadi.

***

Bu dunyoda omadim chopsin desang, hamma narsani vaʼda qilgin-u, hech birini bajarma.

***

Gʻalaba eng matonatlilargagina nasib etadi.

***

Tana uchun xotirjam aqldan boshqa yaxshi malham yoʻq.

***

Bitta dushman bilan hadeb urishavermaslik kerak, yoʻqsa unga barcha jang sirlaringni ochib qoʻyasan.

***

Qudrat – mening oʻynashim. Uni yoʻrigʻimga solish uchun koʻp ter toʻkdim, toki boshqa hech kim uni mendan olib qoʻyolmasin.

***

Dunyoda ikkitagina kuch bor: qilich va ruhiyat. Alaloqibat ruhiyat qilichni magʻlub etadi.

***

Nochor boʻlib qolaverishning eng ishonchli usuli – vijdonli odam boʻlish.

***

Ayollar ​​— bola tugʻib beradigan mashina xolos.

***

Men ortiq birovga boʻyin egolmayman. Allaqachon boʻysundirish taʼmini totdim, endi uni tark etish qiyin.

***

Imkoniyat boʻlmasa, qobiliyat bir pul.

***

Tasodif degan narsa yoʻq, bu shunchaki taqdirni yanglish nomlash xolos.

***

Erkak zotini faqat ikkita kuch harakatlantira oladi: qoʻrquv va qiziqish.

***

Dunyoni tasavvur boshqaradi.

***

Men baʼzida tulki, baʼzida sherga aylanaman. Hokimiyat siri qachon yo unisi, yo bunisi boʻlishni bilishdan iborat.

***

Janglarda askarlar gʻalaba qozonadi. Generallar esa buning uchun mukofot oladi.

***

Toʻrttagina muxolif gazeta peshonangga tiralgan minglab miltiqlardan koʻra vahimaliroq.

***

Hashamat va bachkanalikning oʻrtasi bir qadam.

***

Narigi dunyoda biz qoʻmondonlardan ham koʻra shifokorlar koʻproq kishilar hayoti uchun javobgar boʻladi.

***

Odamzod oʻz huquqlaridan koʻra qiziqishlari uchun qattiqroq kurashadi.

***

Zulmni yomon koʻradiganlar orasida zulm qilishni istovchilar talaygina topiladi.

***

Taxt ​​– baxmal bilan qoplangan oddiy bir kursi xolos.

***

Soʻzingda turishning eng yaxshi yoʻli soʻz bermaslikdir.

***

Birorta eʼtiqodni tanlashimga toʻgʻri kelganida, borliqqa hayot ato etuvchi oʻlaroq quyosh mening xudoyim boʻlardi.

 

Ingliz tilidan Shohrux USMONOV tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 203
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 457
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205087
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95963
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22270
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20665
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16342
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15525
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13501
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12014
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya