Yaxshi hikoya aysbergga oʻxshaydi: sakkiz qismidan yettitasi koʻrinmaydi – Ernest Xemingueydan iqtiboslar


Saqlash
12:12 / 07.12.2023 0 503

Yozuvchi aytmoqchi boʻlganlarini ogʻiz bilan emas, qalam bilan ifodalashi darkor.

* * *

Urushdan ham koʻra yomon narsalar bor – qoʻrqoqlik, sotqinlik, xudparastlik.

* * *

Muvaffaqiyat formulasini bilmasam-da, muvaffaqiyatsizlik formulasini yaxshi bilaman. Bu hammaga yoqishga urinishdir.

* * *

Umrim davomida soʻzlarga hamisha goʻyo birinchi marta koʻrayotgandek munosabatda boʻldim.

* * *

Erkakning yotogʻida oʻlishga haqqi yoʻq. U yo urushda jon berishi lozim, yo manglayini oʻqqa tutgancha.

* * *

Hayotning nimaligini anglagunimizcha uning oʻtib ketganini sezmay qolamiz.

* * *

Yaxshi hikoya aysbergga oʻxshaydi: sakkiz qismidan yettitasi koʻrinmaydi.

* * *

Odamlar doimo baxtga olib boruvchi qisqa yoʻlni axtarishadi. Bilishmaydiki, bunday yoʻl yoʻq.

* * *

Yuraging bayramini har doim bir oʻzing nishonlaysan.

* * *

Kimnidir senga ishonishini bilmoqchi boʻlsang, avvalo unga oʻzing ishonishing shart.

* * *

Hayotdagi hech bir gʻalaba muhabbatdagi magʻlubiyatning oʻrnini bosolmaydi.

* * *

Insonlar ikki guruhga boʻlinadi – ular bilan oson va ularsiz ham oson, ular bilan qiyin va ularsiz ham qiyin boʻlganlarga.

* * *

Sarxush holda yozsang ham, oʻzingda boʻlgan payting tahrir qil.

* * *

Faqat javoblar emas, savollar ham eskiradi.

 

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 218
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 458
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205102
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95972
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22274
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20665
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16346
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15528
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13505
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12017
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya