Dunyoni yasama go‘zallik qutqarmaydi


Saqlash
11:11 / 21.11.2023 0 441

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardan birida “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” badiiy filmida bosh qahramon – Katerina rolini (mening nazarimda) qiyomiga yetkazgan aktrisaning bugungi kundagi yuz qiyofasini ko‘rdim, bu haqda o‘qib qoldim. To‘g‘risi, shu filmni har safar ko‘rganimda, Katya obraziga yangidan mahliyo bo‘laman: mahoratli mo‘yqalam sohibining muhabbat bilan chizgan ishi kabi har jihatdan mutanosib, ayniqsa, yuzining tabiiy go‘zalligi!.. Qay bir badiiy asarda keksa ayolni ta’riflab, muallifning: “...uning qiyofasida yoshligidagi tabiiy go‘zallik izlari o‘chib ketmagandi” degan iborasi bot-bot yodimga tushadi – shu toifadagi insonlar hamma joyda uchraydi. Adashmasam, men g‘oyibdan hurmatlagan aktrisa keksayganda ham shundaylar toifasiga kirishi, istarasi issiq va yoqimli bo‘lib qolishi tabiiy edi. Lekin...

 

Matnda izoh berilmasa, uni tanimagan bo‘lardim. Faqat ko‘zlarining ifodasi tanish, yuz qiyofasi esa... to‘g‘risi... beo‘xshov, istarasiz, sovuq. Sababi, aktrisa keyingi yillarda ikki marta plastik jarrohlik operatsiyasini o‘tkazib, yuzini yoshartirmoqchi bo‘libdi. Birinchi operatsiya tuzuk chiqibdi, ikkinchisidan so‘ng... afsus! Bu ishiga o‘ziyam qattiq pushaymon bo‘lgan esa, ajabmas. Zero, bu salbiy asorat yil o‘tgani sayin chuqurlashib, ko‘payib boradi.

 

Bu va shunga o‘xshash “yosharish ishtiyoqida” qilingan plastik jarrohlik muolajalari oqibati yangilik emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘pchilik ayollarning labi, qovog‘i, yuzi, peshonasiga ko‘zing tushishi bilan, plastik jarrohning tig‘i tekkanini anglash qiyin bo‘lmay qoldi. Ayol zotining qiyofasiga juda yarashimli bo‘lgan “sirli, sehrli, muloyim, nozik” degan tashbehlardan bu yuzlar or qiladimi yoki bu yuzlardan ayni tashbehlar?..

 

Gapim cho‘zildi. Donishmand: “Agar shaharda bitta ayol bo‘lsa ham, zargar zotiga ish topiladi”, degan ekan. Ha, ayollar hamisha chiroyli bo‘lishni istaydilar, eng so‘nggi kunlarigacha! Oqibatini o‘ylab-o‘ylamay, Alloh bergan tabiiy chiroylarining qadriga yetib-yetmay, plastik jarrohlik stolidan “shundoqqina dumalab” “go‘zal” bo‘lib chiqish fikrida yurgan singillarimga bir gap aytgim keldi: bugun soxta va qo‘pol chiroyga ega bo‘laman deb, keksaygan paytingizda nevara-chevaralar o‘rtasida farishtaday bo‘lib o‘tirishning o‘rniga, yoshlik yillaringizdagi suratlaringizga boqib, afsus-nadomatda, xijolatchilikda qolmang, azizlarim.

 

Muhtarama ULUG‘OVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 241
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 471
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205290
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96061
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22315
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20825
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16425
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15578
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13591
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12048
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya