Konstitutsiya fanlari qayerda qanday o'qitiladi?


Saqlash
12:12 / 06.12.2021 0 1156

So‘nggi yillarda Prezidentimiz boshchiligida jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirish maqsadida, avvalo, Konstitutsiyani muntazam ravishda o‘rganib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, bu borada Davlatimiz rahbari Konstitutsiya qabul qilinganlining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “har bir soha va yo‘nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, avvalambor, Konstitutsiyani o‘rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish zarur, deb hisoblayman”, degan edi.

 

Shu maqsadda, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, ilg‘or xorijiy davlatlarda jamiyatning eng yosh a’zolariga mamlakat qonunchiligi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni tizimli asosda berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi. Xususan:

 

Singapurda:

– maktabgacha ta’lim muassasalarida “Konstitutsiyaga kirish”, “Qonunlarni o‘ynab o‘rganamiz” deb nomlangan 2 yillik maxsus kurs;

– maktablarning boshlang‘ich sinflarida 6 yil “Konstitutsiyamiz”, “Huquq asoslari”, “Davlat va shaxs” kabi majburiy fanlar;

– o‘rta maktablarda 4 yil davomida “Korrupsiyaning mazmun-mohiyati”ga bag‘ishlangan maxsus kurslar” va maktabning yuqori sinflarida 2 yillik “Konstitutsiyaviy qoidalar”, “Korrupsiya”, “Ma’muriy munosabatlarga doir qonunchilik asoslari” kabi fanlar o‘qitilmoqda.

 

AQSHda:

– maktabgacha ta’lim muassasalarida 1 yillik “Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va asoslari” nomli maxsus kurslar o‘tiladi;

– 1965-yildan buyon Amerika maktablarida “Konstitutsiyamiz faxrimiz”, “Qonunlar va ijtimoiy munosabatlar”, “Jinslar va millatlar tengligining huquqiy asoslari”, “Ish muomalasi qoidalari va majburiyatlar” kabi maxsus kurslar o‘qitilib kelinmoqda.

        

Kanadada:

– maktablarda “Konstitutsiya asoslari” va “Jamiyat-shaxs-qonun” kabi maxsus fanlar 1982-yildan buyon o‘qitilib kelinar ekan.

2000-yilda “Kanada fuqarolarining huquqlari va erkinliklari xartiyasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘sha vaqtdan buyon maktab bitiruvchilarining mazkur xartiya bo‘yicha majburiy imtixon topshirishlari amaliyoti joriy etilgan. Xartiya haqiqiy Kanada fuqarosi qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob berib, har bir fuqaroning huquqiy ongu tafakkuri yuksak bo‘lishiga doir huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy kabi bloklarga bo‘linadi.

        

Ko‘plab davlatlarda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirishga, ayniqsa, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir davlat dasturlari, strategiyalar, konsepsiyalar va xartiyalar qabul qilingan. Jumladan,

Italiya hukumati tomonidan 2017-yil 30-martda “Huquqiy madaniyat: qoidalar, ta’lim va amaliyot” konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning 1-2 bo‘limlarida Konstitutsiyaning o‘qitilishi va targ‘ibotiga doir tadbirlar belgilangan. Shuningdek, Konsepsiyada “Buyuk Italiya davlati kelajagini qonunga itoatkor fuqarolar bilangina qurish” g‘oyasi ilgari surilgan.

Fransiyada 1998-yilda “Fransiya fuqarolik jamiyati” nomli umummilliy dastur va 2001-yilda “Fuqarolik huquqlari, huquqiy madaniyat va ijtimoiy tartib-qoidalar” nomli dasturlar qabul qilingan. Ularda har bir fuqaroning konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishi lozimligi majburiy etib belgilangan.

Ispaniyada “2017-2020-yillarda yoshlarning ijtimoiylashuvini qo‘llash-quvvatlash strategiyasi” va “Yoshlar 2020 Strategiyasi” ishlab chiqilgan. Shuningdek, Ispaniyada Milliy yoshlar instituti tashkil etilgan bo‘lib, mazkur institut va uning joylardagi bo‘linmalari orqali yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Finlandiyada 2017-yilda “Milliy yoshlar ishi va siyosati dasturi” qabul qilingan. Unga muvofiq, Hukumatning alohida dasturi ham ishlab chiqilgan. Mazkur dasturga ko‘ra davlatdagi barcha 29 yoshgacha bo‘lgan Finlandiya fuqarolari mamlakat qonunchiligi va yuritilayotgan siyosat yuzasidan majburiy o‘qitilgan ekan. Shuningdek, 2017-yilda “Yoshlar ekologik madaniyati”, 2018-yilda “Yoshlar mehnat huquqi va ta’lim olishini ta’minlash strategiyasi” ishlab chiqilgan.

 

Ko‘plab davlatlarda jamiyatda fuqarolarning huquqiy madaniyati reytingi yuritilishi aniqlandi:

Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Lyuksemburg kabi davlatlarda “Fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga itoatkorlik reyting”lari yuritiladi. Reytinglarda yuqori ballga ega bo‘lgan fuqarolarga iste’mol mahsulotlarini sotib olish, ijtimoiy obyektlar (bolalar o‘yingohlar, sanatoriylar va boshqalar)dan foydalanish, davlat tibbiyot muassasalari xizmatlaridan foydalanishda chegirmalar berib boriladi.

Akbarshoh Teshaboyev

  

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 260
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 329
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205854
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96420
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22651
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21790
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16698
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15939
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14202
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12249
Ommaviy madaniyat