Qoqilgan mixning oʻrni


Saqlash
13:11 / 09.11.2023 0 731

Bir zamonlarda jahli burnining uchida turadigan yigit boʻlgan ekan. Otasi unga mix toʻla xaltachani tutqazib, har gal gʻazab otiga minganida yogʻoch ustunga bitta mix qoqishni buyuribdi. Birinchi kuni ustunga bir nechta mix qoqilibdi. Ertasiga yigit oʻzini tiyishni oʻrganibdi va ustundagi mixlar soni kundan-kun kamaya boribdi. Yigit ustunga mix qoqqandan koʻra jahlni tiyish osonroq ekanligini anglab yetibdi.

Nihoyat, u oʻzini toʻliq nazorat qila olgan kun ham kelibdi. Bu haqda otasiga aytganida, u oʻgʻliga navbatdagi topshiriqni beribdi: “Endi ehtiroslaringni tiya olganingda har gal bittadan mixni sugʻurib ol”.

 

Kunlar oʻtib, yigit otasiga ustunda bitta ham mix qolmagani xabarini beribdi. Shunda otasi oʻgʻliga debdi:

— Bu vazifani uddalading. Lekin, ustunda nechta teshik qolganini koʻryapsanmi? Demak, u hech qachon oldingi holiga kelmaydi. Insonlarga jahl qilib, koʻnglini vayron etganingda ularning qalbida har gal mana shunday jarohat iz qoldiradi. Necha marta uzrxohlik qilishingdan qatʼi nazar, u oʻchmaydi. Shunday...

 

Abduvohid UMR tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 199
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 455
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205081
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95957
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22268
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20665
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16337
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15524
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13501
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12013
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya