Traktorda chizilgan suratlar: Dostoyevskiydan Vladimir Putingacha


Saqlash
11:12 / 06.12.2021 0 834

 

Italiyalik fermer va rassom Dario Gambarin san’at asarlarini yaratishda, odatda, faqat traktordan foydalanadi va yerni shudgor qilib qahramonlarini yaratadi. U asosan dunyo yetakchilarining ulkan portretlarini, global muammolarga ramziy munosabatini tasvirlab keladi.

 

 

Il Nuovo Giornale Web - Pianura Veronese - CASTAGNARO. L'ARTISTA DI LAND  ART DARIO GAMBARIN “DISEGNA” IL CORONAVIRUS IN UN CAMPO DA 20 MILA METRI  QUADRATI.

 

 

Gambarinning navbatdagi san’at asari – Dostoyevskiyning 200 yilligiga bag‘ishlangan eni ikki yuz ellik metrli surat bo‘ldi. Noan’anaviy portret 25 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Unda yozuvchining rus tilidagi familiyasi va ingliz tilidagi “Go‘zallik bizni qutqaradi” iborasi ham aks etgan. Rassomning ta’kidlashicha, yozuvda “Telba” romaniga ishora bor, portretdagi ko‘zlar esa quyosh nuri tufayli ko‘k bo‘lib tovlanadi. Bundan oldinroq u Italiya terma jamoasi g‘alabasiga bag‘ishlab surat ishlagan edi.

 

 

Итальянский фермер объяснил решение изобразить на поле портрет Путина — РБК

 

 

Gambarinning kolleksiyasida dunyo yetakchilaridan, Vladimir Putin, Donald Tramp, Barak Obama, Kim Chen In, Jon Kennedi va Nelson Mandela kabi obrazlar va koronavirus tarqalishiga bag‘ishlangan surat ham bor. Shuningdek, Rim papasi Frensis, Leonardo da Vinchi, Betxoven portretlarini ham yaratgan.

 

 

Все говорят об эффективности и безопасности этой вакцины»: итальянский  художник изобразил на поле ампулу «Спутника V» — РТ на русском

 

 

Traktorda chizilgan asarlarning umri, afsuski, qisqa. Ular bir necha haftagacha saqlanib turadi xolos. Shunga qaramay, qanchalik uzoq vaqt va jismoniy mehnat talab qilmasin, Gambarin o‘z qiziqishlaridan bugungi kungacha voz kechgani yo‘q.

 

 

Il ritratto di Leonardo dell'artista Dario Gambarin su un terreno di 27  mila metri quadrati | OraWebTv

 

 

Rassom-fermerning o‘ziga xos yo‘nalishi hozirda “land-art” atamasi bilan nomlangan. Yer san’ati – landshaftda yaratilgan, tuproq bilan ishlanadigan san’at turi hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 330
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205857
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96422
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22659
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21792
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16704
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15944
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14203
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12252
Ommaviy madaniyat