Shisha ichida yaratilgan bog‘


Saqlash
11:12 / 03.12.2021 0 919

Angliyaning Surrey shahrida yashovchi 80 yoshli Devid Latimer o‘zining “shishadagi bog‘”i bilan ko‘pchilikni hayratga solgan. 1960-yilda ekilgan o‘simlik 1972-yilda so‘nggi marta sug‘orilgani va keyingi 40 yil ichida idish qayta ochilmaganiga ishonish qiyin. U dastlab biroz kompost va chorak litr suv quyib, odatda, yopiq muhitda o‘sishga moslashmagan o‘rgimchak o‘ti o‘simligini ekib chiqdi. Guvohi bo‘lganingizdek, bog‘ bugungi kungacha yashab, yashnab kelmoqda.

 

Aslida, bog‘ o‘zini o‘zi yetarli darajada ta’minlay oladigan ekotizimdir. Kompost tarkibidagi bakteriyalar qurigan o‘simlikdan oziqlanadi va shisha ichidagi kislorodni parchalaydi, ko‘chat esa fotosintez uchun karbonat angidridni ishlab chiqadi. Oson qilib tushuntirilsa, havoda yuzaga kelgan namlik shisha ichidagi o‘simlikka “yomg‘ir” bo‘lib qaytadi. Shunday qilib yer yuzining ajoyib mikro versiyasi paydo bo‘ladi.

 

 

Devid Latimer ushbu tajribaga 60 yil vaqtini ajratdi. Shisha har 53 yilda sug‘orib turilishi rejalashtirilgan. Latimerning aytishicha, idishdagi bog‘ derazadan 2 metr uzoqlikda, shuning uchun quyosh nuri ham me’yorida tushib turadi. U yorug‘likka qarab bir tekisda, erkin o‘sib boraveradi. 

 

Mutaxassislarning fikricha, ushbu qiziqarli jarayon NASAga foydali bo‘lishi mumkin. Ya’ni,  o‘simliklarni kosmosga olib chiqishda ushbu usuldan foydalanish ayni muddao. 

 

 

 “Bog‘dagi o‘simlikni hidlay olmasa, uni yeya olmasa, bundan nima foyda” deguvchilar ham topildi. Bog‘bon Bob Floverdev aynan shunday fikrda. Bu ish juda zerikarli va keraksiz, deb qo‘shimcha qildi u. Lekin shishadagi o‘simlikning bunchalar uzoq yashab kelishi baribir ko‘pchilikni hayratga solmoqda.

 

Latimer tajribasini farzandlari davom ettirishiga umid qiladi, aks holda, Qirollikning bog‘dorchilik jamiyatiga topshirib yuborishni reja qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 264
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205875
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96428
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22665
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21805
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15947
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14213
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12266
Ommaviy madaniyat