Baxtsizlik eng yaxshi murabbiy – hayot va ijod haqida Onore de Balzak hikmatlari


Saqlash
12:09 / 18.09.2023 0 1176

Minnatdorlik – bu qarz, turgan gapki, uni bolalar meros sifatida ota-onalaridan aslo bajonidil qabul qilib olmaydilar.

 

***

... siz kaminda yonayotgan oʻtinga qarab, olovda ayolning chehrasini koʻrasiz, men esa koʻmirni. Siz hamma narsaga ishonasiz, men boʻlsam hech narsaga ishonmayman.

 

***

Kimda-kim chor-nochor zamonasozlik qilgan boʻlsa, unga sizning har qanday odob-axloq qonun-qoidalaringiz va ishonch-eʼtiqodingiz uch pul.

 

***

Xulq-atvor xususiga kelsak, odam hamma yerda bir xil: hamma yerda kambagʻallar bilan boylar it-mushuk.

 

***

Faqat aqlsizlar-u kasal odamlargina surunkasiga baxtini sinab, bir necha tiyin yutish ilinjida qarta ustida behuda vaqtini oʻtkazishi mumkin.

 

***

Hayot – murakkab, ogʻir hunar, unga oʻrganish uchun tirishish kerak. Hayotni bilgan odam, uning ogʻusini totiganida yuragining pay tolasi chiniqadi, pishiq boʻladi, bu unga oʻz taʼsirchanligini idora qilishga imkon beradi.

 

***

Oʻlim toʻshagida jon talashib yotgan alamdiydani oʻrab olgan merosxoʻrlarning qalbiga nazar tashlashning iloji boʻlganida biz dahshatli manzarani koʻrgan boʻlardik.

 

***

Baxtsizlik ​​– eng yaxshi murabbiy.

 

***

Muhtojlik mehnatni vujudga keltiradi, mehnat bilimni yaratadi, bilimdan esa boylik yuzaga keladi.

 

***

“Men boʻlgʻusi dahoman” deb podadan oldin chang koʻtargan maqtanchoqlar ahmoqlar koʻzidagina oqil boʻlib koʻrinadilar, xolos.

 

***

Ishingiz baroridan kela boshlagach, jurʼatsizlik ham yoʻqoladi, tortinchoqlik, uyatchanlik esa, ehtimol, jurʼatsizlikning bir turidir.

 

***

Buyuk shoir bo‘lmoq uchun gapni chappa tuzish va zo‘r qofiya topishning o‘zi kifoya emas!

 

***

San’atning vazifasi tabiatdan nusxa ko‘chirish emas, balki uni ifodalay bilish.

 

***

Taassurot, taassurot deysan! Uqib ol, taassurot bu – hayotning o‘zi emas, undagi bir tasodif xolos!

 

***

Go‘zallik sipo va qaysar xilqat – osongina taslim bo‘lmaydi, uni bo‘ysundirish uchun qulay fursatni kutish, izma-iz ta’qib etish va g‘aflatda qoldirish darkor.

 

***

O, tabiat, tabiat! Sening lip etib ko‘rinib, so‘ng g‘oyib bo‘luvchi etagingdan tutish biror marta biron kishiga nasib etganmikan?

 

***

Musavvir qo‘lida mo‘yqalam bilangina xayolga berilishi kerak.

 

***

Go‘zallik va ayol faqat sevgilisi oldida yalang‘och holda namoyon bo‘la oladi.

 

***

Muhabbat – sir, u qalbning tub-tubidagina yashay oladi, erkak hatto do‘stiga ham mana, men sevgan ayol – shu, deya sirni ochsa, shu onning o‘zidayoq muhabbat o‘ladi, yo‘q bo‘ladi.

 

***

Muhabbat gullari foniy, san’at gullari esa abadiydir.

 

***

 

Axir tasviriy san’at ham tabiatning o‘zidek ko‘pgina unsurlardan tashkil topgan: rasm – o‘zak, kolorit esa – hayot, lekin o‘zaksiz hayot hayotsiz o‘zakka qaraganda notugaldir.

 

***

Muhtojlikda kishiga turfa tushlar baxsh etuvchi uyqu hamdard bo‘ladi.

 

***

Bu yerda birovning shafqatiga sazovor bo‘lish uchun o‘taketgan baxtsiz, birovning mehrini qozonish uchun esa juda zaif, birovning ko‘nglini eritish uchun juda g‘arib kishi bo‘lish kerak.

 

Shohrux USMONOV tayyorladi

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 199
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 454
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205075
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95950
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22266
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20660
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16335
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15521
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13498
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12011
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya