Nay. Sirning siri


Saqlash
17:09 / 08.09.2023 0 847

Sartarosh shoh Iskandarga SIRini saqlashga vaʼda berdi, qasam ichdi, AHD qildi. Qasamli AHD kattalashdi, sartaroshni portlatish darajasiga yetdi. Sartarosh kimsasiz sahrodan quduq topdi, ichidagi AHDni shivirlab yordi, darddan forig‘ bo‘ldi, yengillashib odamlarga aralashdi. AHD quduqda qamish bo‘lib o‘sdi. Qamish o‘ziga cho‘ponni mahliyo etdi. Cho‘pon IXLOS bilan nay yasadi, chaldi. Nay: “Iskandarning shoxi bor”, deb kuyladi. Ahdning SIRi sindi... Nay sadosi olamga yoyildi...

 

Barchamiz har qadamda Iskandar sartaroshining ahvoliga tushamiz. Farqimiz, SIRimiz badaliga berilgan vaʼda ISKANDAR qahri bo‘lib qadamimizni o‘lchab yuradi. VAʼDAning javobgarlik kuchi, qadriga qarab sirning o‘chish muddati o‘z TOSHini oladi. Javobgarlik toshi, masʼuliyati Iskandar sartaroshidek QUDUQ topib to‘kilishga majbur qiladi, lekin hamisha quduq qopqasiz qolaveradi. Qamish o‘rniga o‘sgan mish-mishlar qilichi yuzimizni shuvut etadi... Ostonada ezilgan saqich bozoriga ega chiqamiz...

 

Sirning jilovini tutib, “saqichlar bozoridan” qutilishning eng xavfsiz yo‘li SARTAROSHning CHO‘PONga evrilib, qadrdon quduq qamishidan nay yo‘nib, chala bilishidir...

 

Iskandar sartaroshining sir aytar qudug‘i – SANʼAT qudug‘i, CHO‘PON – baxshi, shoir, rassom, bori sanʼat ahlidir. Tangridan bo‘lak biror bir kimsaning tili aylanmagan ulkan – “Iskandarning shoxi bor” degan sirning sirini o‘chirgan til – kuy, sheʼr, jamiki sanʼat asaridir.

 

Har bir odam o‘z holicha bir mamlakat. Bu mamlakatning Iskandari, sartaroshi, cho‘poni ham uning o‘zi. Kimda kim o‘z mamlakatidagi sir yutar qudug‘ining YUKini sir ochar nayga jamlab ayta olsa, o‘z Iskandarining qatlidan omon qoladi. U bu O‘YINda daxlsiz g‘olib bo‘ladi. Insonning – “o‘zligingni angla”, deb belgilagan marrasiga yaqinlashadi... NAY egasiga aylanadi...

 

 Shomirza TURDIMOV

 

 

 

 



 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 192
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 445
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205046
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95927
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22246
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20630
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16317
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15504
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13463
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11992
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya