Ishlatilgan plastmassa, shisha va alyuminiy idishlar, paketlardan yaratilgan san’at asarlari (foto)


Saqlash
18:08 / 30.08.2023 0 1374

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Hindiston plyajlaridan biridagi temir to‘rdan yaratilgan og‘zi ochiq baliq surati tarqagandi. Unga “Ushbu baliq plastmassa bilan oziqlanadi” degan taxta osib qo‘yilgan. Sharhda esa kechga tomon ushbu baliqning ichi plastmassa bilan to‘ldirildi, havza va uning atrofi esa toza saqlandi, deyilgandi. Jank art yoki tresh artda asosiy foydalaniladigan material – chiqindi. Jank ham, tresh ham ingliz tilidan tarjima qilganda “chiqindi” maʼnosini anglatadi. Bunda mualliflar sayyorani borgan sari egallayotgan ulkan ijtimoiy muammolarni ko‘tarib chiqadi, odamning yillar davomida tabiatga chiqindi orqali qilgan zarari so‘zlanadi. Oyina.uz ekologik ogohlikka bag‘ishlangan shunday asarlarni bir sahifaga yig‘ib, eʼtiboringizga havola etadi.

 

 

 

Belgiyaning Bryugge shahridagi kanallardan birida qad rostlagan kit haykali Tinch va Atlantika okeanlaridan olingan plastik chiqindilardan yasalgan. Uzunligi 11,4 metrni, og‘irligi esa 4,5 tonnani tashkil qilgan haykal odamzod tomonidan okeanlarga tashlanayotgan chiqindi ummonlar tabiatiga katta xavf tug‘dirayotganini anglatish uchun barpo etildi.

 

 

 

 

Portugaliyalik Artur Bordalo II strit art va tresh artni birlashtirib miks uslub yaratgan yosh rassom sifatida tan olinadi. Uning binolar devorida chiqindilardan yaratgan asarlari qirilish arafasidagi hayvonlar tasvirlanadi.

 

 

 

 

Norvegiyaning Oslo shahrida paydo bo‘lgan plastmassa maxluq Pippip Fyorner ismli musavvira tomonidan yaratildi. Umuman olganda, Norvegiyada ishlatilgan plastmassaning 97% qayta ishlash jarayonidan o‘tkaziladi. Unda mamlakatning oddiy fuqarosidan tortib katta amaldorlarigacha ekologik muammolarni hal qilishga jiddiy qaraydi.

 

 

 

 

Tel-Aviv yaqinidagi bog‘da qad rostlagan chiqindi odamlar kompyuter qismlari, temir bankalar, shisha idishlardan yaratilgan bo‘lib, ularning muallifi – Xa Shult. Rassom ijodining asosiy mavzusi esa ekologik muammolar.

 

 

 

Kanadalik rassom Tess Feliks yaratgan ushbu portretlarda dunyo okeanidagi muammolarni hal qilishda jon kuydirayotgan real shaxslar tasvirlanadi.

 

 

 

Britaniyalik rassomlar Tim Nimbl va Syu Vebsterlar esa nurli proyeksiya va installyatsiyalari bilan mashhur. Maishiy buyumlar va chiqindiga tushirilgan nur ularning asarlariga maʼno beradi va ko‘z oldingizda allaqanday syujetlar, ayol va erkak yoki shahar qiyofasi paydo bo‘ladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 103
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 420
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204908
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95880
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22200
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20428
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16192
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15429
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13298
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11961
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya