Maymun ovi


Saqlash
21:08 / 02.08.2023 0 966

Hindistonda maymunlarni juda oddiy usulda ovlashadi. Yerni kovlab, ogʻzi tor xumni yer barobar koʻmib, ichiga bir qancha yongʻoq tashlab qoʻyiladi. Maymun yerdagi teshikni va undagi koʻpgina yongʻoqlarni koʻradi. Shoshilgancha, qoʻlini teshikka suqadi va panjasiga siqqancha yongʻoqlarni changallaydi, ularni tashqariga chiqarmoqchi boʻladi. Ammo chiqara olmaydi. Yongʻoqlarni changallagan panjasi xumning tor ogʻziga sigʻmaydi. Aslo sigʻmaydi. Maymun avvaliga bundan jazavaga tushadi, irgʻishlaydi, qoʻlini tortib olmoqchi boʻladi. Keyin oʻziga keladi va oʻtiradi.

 

Bir soat.

Ikki soat.

Uch soat.

 

Panjalarini ochib, yongʻoqlarni tashlab yuborishga esa fahmi yetmaydi. Shu tarzda yongʻoqlarni aslo tashlab yubormaydi. U bunga qodir emas. Keyin ovchilar keladi va maymunni oʻldiradilar. Hatto qurol bilan ham emas. Shunchaki oddiygina soʻyil bilan maymunlarning birin-ketin boshiga tushiradilar. Shu tariqa maymunlar yongʻoqlarni qoʻlidan qoʻyib yubormay oʻlimga roʻbaroʻ keladi...

 

Biz ham asli panjalarida yongʻoqlarni mahkam tutgan maymunlar kabimiz. Kimningdir yongʻogʻi – tashlab yuborishga koʻzi qiymaydigan maʼlumoti, boshqa birovda mehr-oqibat koʻrsatishi dargumon boʻlsada, toqat qilishga majbur eri, xotini. Kimdadir, maoshi kam esada, koʻngil uza olmaydigan kasbi...

 

Koʻplarimiz oʻtkinchi dunyo matohlarini maymunlar kabi kaftimizda mahkam siqib ushlab olganmiz. Panjalarni ochishga kuchimiz yetmay oʻtiraveramiz. Oʻtiraveramiz.

Oʻtiraveramiz.

Nimani kutamiz oʻzi?!

 

Bir qarasak, qoʻlida soʻyil bilan ovchilar ham yetib keladilar.

Biz esa oʻzimizni va boshqalarni bunga koʻndirgancha oʻtiraveramiz.

Qayoqqa ham ketardik?

Kimga ham kerakmiz?!

Ammo bu yerda nima desangiz-da, yongʻoqlar bor axir?!

UMR BOʻYI OʻTIRAMIZ.

NAFAQAGACHA!

TOBUTGACHA!..

 

 

 Orif HOJIYEV

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 212
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 458
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205101
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95966
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22274
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20665
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16344
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15526
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13503
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12017
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya