Italiyadagi Buxoriy qishlog‘i – IX asrda buxoroliklar Sitsiliyaga qanday borib qolgan?


Saqlash
10:11 / 25.11.2021 0 1336

Italiya tarkibidagi eng yirik orol – Sitsiliyada Buxoriy qishlog‘ini uchratish mumkin. Lauro tog‘ining etagida joylashgan ushbu hudud necha asrlik tarixi sababli sayyohlar uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Orolga sayohat qilgan odam u yerda yunonlar, rimliklar, vizantiyaliklar, bundan tashqari, arablar va normanlar madaniyati qoldiqlariga duch keladi. Joy nomlari va ko‘plab tarixiy inshootlarda ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bukkeri qishlog‘i tarixi ham aynan Buxoro nomi bilan tutashib ketadi.

 

Tarix fanlari doktori, professor Robert Landa orolga qilgan sayohati chog‘ida Bukkeri nomli qishloq borligiga guvoh bo‘ldi. Uning tarixi bilan qiziqqach, “Bukkeri” – “buxoriy” so‘zining buzib aytilgan shakli ekani va IX–X asrlarda Buxorodan kelgan bir jamoa orolni maskan tutgani haqida aniqladi.

 

 

Buxoriylar olis Italiyadagi bu orolga qanday borib qolgan? Tarixdan ma’lumki, milodiy sakkizinchi asrda musulmonlar Sitsiliyani fath etdi va 1091-yilgacha hukmronlik qildi. Fotihlar orasida arablar, barbarlar, zanji afriqoliklar va boshqa Islom mamlakatlarining vakillari bo‘lgan. Italiya sharqshunosi Mikele Amarning hisobiga ko‘ra, hozir orolda bir vaqtlar musulmonlar barpo etgan yoki egallagan shahar va mavzelarning arabcha 328 nomi hamon saqlanib qolgan.

 

Musulmonlarning kemalari Sitsiliyadagi istehkomlari yordamida Italiya, Ispaniya sohillariga Islom da’vati bilan yetib bordi. Ayni paytda orolda hukmronlik o‘rnatilganidan keyin qishloq xo‘jaligi gullab-yashnadi, sun’iy sug‘orish keng qo‘llana boshladi.

 

Città - Iblei News

 

1061–1091-yillarda normanlar hujumi sababli orolning tinchi buzildi. Biroq Sitsiliyadagi arab-islom madaniyatining kuchi va uning bosqinchilarga ta’siri shunchalik katta ediki, hokimiyat almashuvi ham hech narsani o‘zgartira olmadi. Shaharlik musulmonlarning anchagina qismi orolni tark etib, Misr va Mag‘rib o‘lkalariga ko‘chib ketgan bo‘lsa-da, normanlar davlatida arab tili va madaniyati gullab-yashnayverdi.

 

Sitsiliyadagi arab-islom madaniyati o‘n ikkinchi-o‘n uchinchi asrlarda, ayniqsa, bir paytning o‘zida Olmoniya imperatori va Quddusi sharif qiroli bo‘lgan Fridrix Ikkinchi davrida gullab-yashnadi. Qirol bir qancha musulmon olimlari va faylasuflariga homiylik qildi, o‘zi chin muxlisi bo‘lgan Ibn Sino va Ibn Rushd asarlarini arabchadan lotin tiliga o‘girishga farmon berdi.

 

Buccheri Tourism and Holidays: Best of Buccheri, Italy - Tripadvisor

 

XV asrga kelib Sitsiliyada arab tili yo‘qolib ketsa-da, ta’siri uzoq vaqt yo‘qolmadi. Uning izlari aholi maskanlari nomlarida, til lahjalarida, ayrim urf-odatlarda, orolning hozirgi tarixiy manbalarida saqlanib qoldi. Oroldagi Buxoriy qishlog‘i ana shu olis tarixning bir shu’lasidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205874
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96426
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22661
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21797
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16706
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15945
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14208
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12261
Ommaviy madaniyat