Turkistondagi birinchi musulmon banki haqida bilasizmi?


Saqlash
11:11 / 24.11.2021 0 2372

 

Surxondaryo viloyatida joylashgan ushbu tarixiy inshoot 1902-yilda Buxoro amiri Abdulahadxon (1886–1910) buyrug‘i bilan Abduvosiboy Halimboy o‘g‘li mablag‘lari hisobiga qurilgan. U Buxoro amirligining sharqiy bekliklari, hozirgi viloyat hududi va Tojikiston Respublikasidagi dastlabki bank binosi bo‘lgan.

 

 

Tashkil etilishida rus kapitali umuman ishtirok etmagani sababli musulmon hukmdorlar tomonidan asos solingan birinchi bank sifatida tarixda qolgan. Ungacha, o‘lkadagi barcha banklar rus sarmoyadorlari tomonidan qoplanar edi.

 

 

Amir Abdulahadxon musulmon bankini tashkil etgan turk sultoni Abdulazizxondan keyingi ikkinchi hukmdor sanaladi. Vaholanki, Buxoroning o‘zidagi banklar rus kapitaliga tegishli bo‘lgan. Bank ochilishi vohada ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga turtki bo‘ldi. Masalan, 1910-yilda paxta tozalash zavodi, birinchi telegraf qurildi. Surxon daryosidan Termizga kanal qazilib, minglab gektar yerni sug‘orish imkoni yaratildi. Voha aholisi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik mahsulotlari bilan Rossiya va Afg‘oniston bozorlariga chiqa boshladi.

 

 

Ushbu tarixiy inshootda 1975-yilga qadar davlat bankining Surxondaryo viloyat boshqarmasi joylashgan edi. Keyinroq, madaniyat boshqarmasi tasarrufiga berildi. Afsuski, hozirgi vaqtda binodan tadbirkorlar foydalanib kelmoqda.

 

Rayhon NURALIYEVA

Termiz arxeologiya muzeyi xodimi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205874
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96426
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22661
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21800
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16706
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15945
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14210
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12261
Ommaviy madaniyat