“Kitob haqida kitob” chiqdi


Saqlash
17:11 / 20.11.2021 0 2171

Ziyouz.com” veb-sayti asoschisi, jurnalist Davronbek Tojialiyevning kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan kitobi “Akademnashr” nashriyotida chop etildi.

 

“Kitob haqida kitob” to‘rt qismdan iborat bo‘lib, “Maqolalar” bo‘limidan muallifning gazeta va jurnallardagi chiqishlari o‘rin olgan.  “Tadqiqotlar” bobida esa so‘rovnoma va tahliliy surishtiruv materiallari bilan tanishish mumkin.

 

Tohir Malik, Anvar qori Tursunov, Shukrullo, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva va yana ko‘plab ziyolilar bilan intervyular “Suhbatlar” qismiga jamlangan. Keyingi bo‘limda esa muallif tomonidan tarjima qilingan maqola va ma’lumotlarni mutolaa qilishingiz mumkin.

 

– Ushbu risola nima o‘qisam ekan deb o‘ylanib yurganlarga asqatsa kerak. Kitob va kitobxonlik haqidagi maqolalar, “Ziyolilar nima o‘qiyapti?”, “Yoshlar nima o‘qiyapti?”, “O‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini aniqlaymiz” kabi tadqiqotlar, yurtimiz ziyolilari bilan kitobxonlik borasidagi suhbatlar, shuningdek, jahon nashrlari e’lon qilgan eng sara kitoblar haqidagi ma’lumotlar berilgan, – deydi muallif Davronbek Tojialiyev.

 

O‘ziga xos “Mutolaa ensiklipodeyasi”dan o‘rin olgan “Guardian: barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi”, “Rossiyalik maktab bitiruvchilari o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta kitob”, “BBC: barcha davrlarning eng yaxshi 200 kitobi” va shu kabi qiziqarli ma’lumotlar ham ko‘pchilikni befarq qoldirmasligi shubhasiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 264
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205875
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96428
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22664
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21804
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16707
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15947
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14213
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12266
Ommaviy madaniyat