“Sarbadorlar” romanida otlarning 24 turi sanab o‘tilgan


Saqlash
15:11 / 20.11.2021 0 1232

Ajdodlarimiz yilqichilikka alohida e’tibor qilib, turli-tuman zotlarini parvarishlagan. Sinchilar otlarni bir-biridan inja farqlarigacha ajratish ilmini san’at darajasigacha ko‘tarishgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Sarbadorlar” romanida (1992 yil, Toshkent) 24 tur tulporni sanab o‘tadi:

 

“Sadr Sulaymon ot jinnisi edi. Uning sayisxonasida bir yarim ming, ikki ming ot boqilar, har yili bahor vaqtida Kesh yaqinidagi dog‘gohda kamida ming qulunga tamg‘a bosilardi. Otlarning hamma zotidan bor: kulrang, jiyron, qora to‘riq, xoldor, ko‘kish burul, bo‘z, qizil, och mallarang, saman, olcha, qashqa deysizmi, yoki g‘irot-u durot, to‘bichoq, qushi ot, jang oti-yu oloy oti, cho‘qolli ot, qozoqi ot, tangachipor, ko‘k, chayli, qizil bo‘z, arg‘umoq qorabayir… Xudobanda otlarning nomlarini esida saqlab qolishga urindi, ularga yuklatilgan vazifalar ham turlicha ekanligidan hayratda qoldi.  Chunonchi, jang oti bilan cho‘qolli ot, ya’ni sovutli otda faqat harb maydoniga kiriladir, durot, g‘irot va qorabayirlarda poyga va uloqlarda ishtirok etiladir, qushi otda ovga chiqiladir, oloy oti tantanali bayramlarda miniladir...” deyiladi asarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205873
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22661
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21794
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16705
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15945
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14205
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12253
Ommaviy madaniyat