Yaponiyaning qora tomonlari


Saqlash
20:07 / 02.07.2023 0 1368

Yaponiyada bir necha yil yashab, atrof muhitni kuzatib, koʻrgan yaxshi va yomon tomonlarimni yoritib kelaman. Yozayotgan postlarim koʻpincha, kundaliklarga oʻxshaydi. Aynan, oʻzim guvoh boʻlgan, koʻrgan voqealarimni hikoya qilaman. Bu galgi hikoyam ham shulardan biri.

Birga ishlaydigan Miyazava ismli bir yapon bor edi. 3-4 yil birga ishlagandik. Juda ham mehribon, yaxshi odam edi. Kunlardan bir kun har doimgidek ertalabki meeting ( majlis) boʻldi. Majlisda menejer “Bugun Miyazava ishga kela olmadi. Oʻlib qolganligi haqida xabar oldik” desa boʻladimi. Bu xabarni eshitib muzlab qoldim. Qanaqadir yaqin odamimdan ayrilgandek boʻldim. Yaqindagina birga ishlab xayrlashgan edik.

Menga eng yomon taʼsir qilgan tomoni majlisda menejer ham, qolgan ishchilar ham bir ogʻiz “Afsus, yomon boʻlibdi”, dedi xolos. Keyin hech narsa boʻlmagandek hamma oʻz ishini davom ettirdi.

Kun boʻyi kayfiyatim boʻlmay yurdim. Hammaga bir-bir qarab chiqaman. Qani birorta odam, u haqida nimadir dermikan, xafa boʻlarmikan degan maʼnoda. Yoʻq, hech kim hech narsa demadi. Xafa ham boʻlmadi. Oʻynab-kulib har doimgidek oʻz ishlarini davom ettirdi.

Toʻgʻri, xafa boʻlish, mahzun boʻlish, bizning dinda qoralangan. Men ham ulardan ayuhannos solib yigʻlab, motam qilishini kutmagan edim. Ammo, 20-30 yildan beri birga ishlaydigan odam oʻlib qolsayu, pashsha chaqqandek ham taʼsir qilmasa, yomon tuyular ekan.

Yaponlarning shunday sovuq munosabatlari meni har doim hayratga soladi. Ayrimlari hattoki “Oʻtgan hafta otam oʻlib qoldi, onam oʻlib qoldi” deb tirjayib, sovuq munosabatda gapiraveradi. Qariya ota-onasidan yillab xabar olmaganlarini ham koʻp eshitganman.

Shunday paytlarda oʻzimizdagi mehr-oqibatga tasannolar aytib yuboraman. Bizdagi hamkasblar qarindoshdek, eng yaqin odamlardek boʻlib ketishadi. Qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻchilikdagi oqibatimizni aytmasa ham boʻladi.

Xulosa oʻrnida, mabodo, kelajakda ulkan rivojlanishlarga erishsak, goʻzal urf-odatlarimiz, mehr-oqibatlarimiz, ota-ona, doʻsti-yorga boʻlgan munosabatlarimizni saqlab qolishimiz shart ekan!

 

Bahodir Iskandarov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 101
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 420
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204905
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95880
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22200
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20427
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16190
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15428
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13298
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11961
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya