Tashlab yuborilgan kitoblardan kutubxona tashkil etildi


Saqlash
12:11 / 10.11.2021 0 836

 Chiqindi yig‘uvchilar bir necha oy davomida tashlab yuborilgan kitoblarni to‘plab, Anqaraning Chankaya tumanida ajoyib kutubxona ochishdi. Ishchilarning bu g‘oyasidan xabar topgan turkiyaliklar esa ularga kitoblar sovg‘a qila boshladi. Dastlab kutubxona faqat sanitariya xodimlari va ularning oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, kitoblar sonining ortishi bilan bu maskan qiziquvchilar bilan to‘lib toshdi.

 

 

 

 

“Biz ishchilar tomonidan taklif qilingan kutubxona g‘oyasini muhokamaga qo‘ydik. Ko‘pchilik uni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng loyiha amalga oshdi. Aslida, kimdir bu kitoblarni shunchaki tashlab ketayotgan bo‘lsa, kimdir ularni qidirayotgan edi”, deydi kutubxona ochilishida bosh-qosh bo‘lgan Chankaya hokimi Alper Tasdelen.

 

 

 

 

Hozirda kutubxonada 6 mingdan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlar mavjud. Shuningdek, bolalar burchagi hamda ilmiy tadqiqotlar bo‘limi ham tashkil etilgan. U yerda turk tilidan tashqari ingliz va fransuz tillaridagi kitoblarni ham topishingiz mumkin.

 

 

 

 

Kutubxona sanitariya xodimlariga tegishli bo‘sh turgan g‘isht zavodida joylashgan edi. Kutilmaganda mazkur loyiha faoliyati shunchalik kengayib ketdiki, bugungi kunda kitoblar chekka hududlardagi ta’lim muassasalariga, hattoki qamoqxonalarga ham yetkazib berilmoqda.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 262
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 331
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205874
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22661
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21796
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16706
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15945
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14207
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12258
Ommaviy madaniyat