Jaloliddin Manguberdi va Jaloliddin Rumiy qarindoshligini bilasizmi?


Saqlash
11:11 / 10.11.2021 0 3363

 

Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169–1220-yillarda yashagan va 1200–1220-yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172–1200-yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh (yoki Abul Muzaffar Takesh) ning o‘g‘li.

 

Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya’ni jiyani hisoblanadi. Bu haqida tarix fanlari nomzodi Murodulla Mirzayev ilmiy izlanishlarida keltirib o‘tgan.

 

Qayd etilishicha, Jaloliddin Rumiy (Balxiy) 1207-yil 30-sentabrda Afg‘onistonning Balx shahrida tavallud topib, 1273-yilning 17-dekabrida Turkiyaning Ko‘niya shahrida 66 yoshida vafot etgan. Uning otasi islom va tasavvuf ilmining taniqli siymolaridan biri, Sulton ul-Ulamo (Olimlarning sultoni) unvoniga musharraf bo‘lgan ulug‘ zot, Kubraviya tariqatining shayxi Muhammad Bahovudin Valaddir. Bahovuddin Valadning otasi o‘z davrining tanilgan insonlaridan biri Husayn ibn Ahmad. Onasi Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takeshning qizi Malikai Jahon Amatulloh Sultondir.

 

Xulosa qilib aytganda, Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining qarindoshi hisoblanadi. Alouddin Muzaffar Takeshning katta qizi Malikayi Jahondan Jaloliddin Rumiy, kichik o‘g‘li Alouddin Muhammad II dan esa Jaloliddin Manguberdi sulolani davom ettirgan.

 

Qiziqarli faktlar:

 

-Jaloliddin Mekburni (yoki Manguberdi) nomi “yuzida xoli bor” degan ma’noni anglatadi.

 

- Afsonaga ko‘ra, Chingizxon Jaloliddinning jasoratiga tan berib, o‘zining ko‘plab o‘g‘illariga: Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim, degan edi.

 

- Bugungi kunda Jaloliddin siymosi afsonaga aylandi, unga yozuvchi Vasiliy Yanning “Mardlik qanotlarida” ertak-qissasi va boshqa asarlari ham bag‘ishlangan.

 

 - 1999-yil Jaloliddinning 800 yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan. 

 

2000-yilning 30-avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 268
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 335
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205882
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96439
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21820
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16712
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15950
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14217
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12275
Ommaviy madaniyat