Sohibqiron yoquti hozir kimning xazinasida saqlanadi?


Saqlash
16:05 / 23.05.2023 0 1457

Amir Temur yoquti dunyoga mashhur toshlardan biri hisoblanib, uning birinchi egasi Sohibqiron bo’lgani uchun shunday nomlangan. Biroq uning yoqut deyilishi noto‘g‘ri. Aslida ushbu tosh qizil shpinel (tabiatda yana qora, ko‘k, jigarrang va pushti ranglarda uchraydi) bo‘lib, uning xususiyatlarini o‘rgangan olimlar 1851-yilda shunday xulosaga kelishgan. 361 karat og’irlikdagi Amir Temur yoquti ustida uning egalari bo‘lmish oltita ism o‘yib yozilgan:

 

1. Temuriy, Mirzo Ulug‘bek (1449-yildan avval)

2. Safaviy, Shoh Abbos I (1617)

3. Boburiy, Jahongir (1621)

4. Boburiy, Shohjahon (sanasiz)

5. Boburiy, Olamgir (Avrangzeb) (1659–1660)

6. Durroniy, Ahmadshoh (1754–1755)

 

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tosh ustiga o‘yilgan barcha ism-shariflar saqlanib qolmagan. Gap shundaki, Temur yoqutining yangi egasi o‘z ismini avvalgilarni o‘chirish evaziga o‘ydirgan. Avvaliga 1398-yili Amir Temur o‘z ismini bitgan bo‘lsa, so‘ng uning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo, keyin Mirzo Ulug‘bek, Abbos I, Boburiy hukmdorlar – Jahongir, Shohjahon (toshda u Sohibqironi Soniy tarzida keladi), uni taxtdan ag‘dargan o’g’li Avrangzeb, Muhammad Farruh Suyar, Nodirshoh, Ranjit Sinh galma-galdan ismlarini o‘ydiradilar.

 

1849-yil Lahordagi Ost-Indiya kompaniyasi askarlarining bosqinchilik harakatlari paytida tosh inglizlar qo‘liga o‘tadi. Ammo u zargarlar tomonidan topilib, ustidagi bitiklari o‘qilmaguniga qadar Britaniya xazinalarida yotadi. Toshga bitilgan haqiqatlar ochilgach, u ingliz qirolichasi Viktoriyaning qo‘liga kelib tushadi va Bukingem saroyining Hind xonasida uzoq yillar saqlanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ayni vaqtda “Temur yoquti” Britaniya taxtiga tegishli emas, uni quvaytlik shayx Nosir as-Sabah sotib olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 267
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 333
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205880
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96439
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21818
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16709
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15949
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14214
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12275
Ommaviy madaniyat