Ota ibrati


Saqlash
13:05 / 23.05.2023 0 2369

Oʻshanda chamasi 6 yoshlardagi bola edim. Onam mashaqqatli ish kunidan qaytib, har kech biz uchun non pishirar, osh-ovqat tayyorlar edi. Bir kuni vaqt allamahal boʻlgan, ishdan horib qaytgan onaizorim doimgidek shosha-pisha biz uchun kechki ovqat qilayotgan edi. Bir ozdan keyin u otamning oldiga ovqat va non qoʻydi. Mening ikki koʻzim nonda edi. Kimdir nonning kuyganiga eʼtibor berarmikan, degan xayolda kutib turdim. Lekin otam cheti qoraygan nonni indamasdan chaynadi va mendan maktabdagi kunim qanday oʻtganini soʻradi. Unga qaytargan javobimni eslay olmasam ham, ovqatdan keyin volidamning otamga non bir oz oʻtib ketganini ming xijolat bilan aytgani kechagidek qulogʻim ostida. Otam oʻsha kuni jilmayib turib, onamga “Azizam, kuygan non menga yoqadiku”.

 

Uxlashdan oldin otamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga kirdim va undan kuygan nonni rostdan ham yaxshi koʻrish-koʻrmasligini soʻradim. Otam meni bagʻriga bosib, qattiq quchoqladi. “Oʻgʻlim, onang kun uzoq ishlab, juda charchagan. Bir marta kuygan non yesam, menga biror nima boʻlmaydi. Lekin, oʻsha mahalda aytilgan birgina yomon soʻz onangni qattiq jarohatlagan boʻlar edi”, dedi. Biz barchamiz xom sut emgan bandalarmiz. Ammo, ayniqsa biz – yoshi kattalar yonimizda ulgʻayib kelayotgan yosh avlod uchun har bir harakatimizning tarbiya ekanligini unutmaylik.

 

Hindistonning sobiq prezidenti, jamoat arbobi Doktor Abdul Qalamning kundaliklaridan olindi.  

Shuhrat SATTOROV tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 250
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 480
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205318
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96092
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22339
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20872
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16448
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15597
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13619
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12074
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya