"Zararkunanda"


Saqlash
11:05 / 17.05.2023 0 1832

SUHBAT

– Bu narsa kichkina boʻlganiga qaramay koʻp ish bajaradi, shuniyam hisobga oling. Sigaretangizni filtirlaydi, issiqligini oʻzida tutib qoladi, kamiga qoʻlingizga tamaki hidi oʻtirishiga yoʻl qoʻymaydi.

– Xoʻsh, narxi qancha?

– 35 dollar. Kelishtirib beraman.

– Oʻh-hoʻ, qimmat ekan rosa?

– Oʻlim boshqa joyda bunchalik arzonga sotilmaydi, uka...

 

“ZARARKUNANDA”

Soʻnggi yillarda qaynoq ijodiy jarayonda yashab oʻnlab kitoblar chiqargan shoir bir kun shogirdiga nolidi:

– Ey, uyni tarakan bosib ketdi. Boshim qotgan, nima qilishni bilmay garangman...

Shogird moʻmin yuz-koʻzini oʻynatib:

– Men bilaman yoʻlini, – dedi, – har kun ishdan kelganingizda yarim soat-bir soat sheʼr ayting, zerikkanidan oʻlib qolishadi shunda bechoralar...

 

ZAMONAVIY DOMLA

Maʼruza xonasi jimjit edi. Faqat domlaning yoʻgʻon ovozi eshitilar, u yarim soatdan beri tinmay gapirardi.

– Bu domlaning ixtisosligi nima ekana? – dedi Bekmurod kursdoshiga.

Yozishdan boʻshamayotgan Muhammad:

– Bu domla... – dediyu soʻzi kesildi.

– Bu domlaning ixtisosligi qoʻrqitish, talabani yildan-yilga qoldirish fanlari doktorini ham olgan, – dedi uch yildan beri shu kursda oʻqiyotgan Baxtiyor.

 

“TILAK”

U har kungi odatiga muvofiq yangi pivoxonaga kirdi. Yaqinda ochilganmish bu yer. Yarim soat navbat kutgach, doim ichadigan “banochniy”sidan oldi. Yosh sotuvchi pulni olgach, jilmaydi:

– Salomat boʻling!

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 242
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 474
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205293
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96064
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22320
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20828
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16433
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15580
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13596
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12054
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya