Kosmik kemaning o‘lchami nimaga bog‘liq?


Saqlash
11:05 / 04.05.2023 0 851

Amerika kosmik kemalarining diametri 14,55 futni tashkil qiladi. 

 

Muhandislar kemani kengroq qilishni istaydilar, ammo bu imkonsiz. Sababi nimada deb o‘ylaysiz?

 

Gap shundaki, samo kemalari yig‘ish joyiga temir yo‘l orqali keltiriladi. Relslar orasidagi masofa esa aniq: 4 fut 8,5 dyuym. Shu bois muhandislar kemalarni faqat 14,55 fut kenglikda loyihalashtirishlari mumkin, boshqachasiga ularni tashishning imkoni bo‘lmasdi.

 

Yana bir o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy: nega relslar orasidagi masofa standart ravishda 4 fut-u 8,5 dyum? Bu raqam qayerdan chiqdi? Ma’lum bo‘lishicha, Shtatlardagi temir yo‘llari ingliz standartlari bo‘yicha qurilgan, Angliyada ham relslar o‘rtasi standart ravishda 4 fut 8,5 dyum.

 

Sabab? Chunki Angliyada ilk poyezdlar konlar uchun kichik vagonetkalar ishlab chiqargan zavodning aynan o‘zida qilina boshlangan. Eng katta vagonetkaning kengligi esa 4 fut 8,5 dyum. Nega?

 

Buning sababi ingliz foytunlarining kengligidagi standartda edi. Ingliz foytunlari g‘ildiragi kamroq yedirilsin uchun ingliz yo‘llarining transport doimiy yuradigan iziga tushishi lozim edi, butun Angliya yo‘llarida esa ushbu kenglik masofasi 4 fut 8,5 dyum.

 

Buyuk Britaniyadagi ilk yo‘llarni rimliklar o‘zlarining harbiy aravalariga ko‘ra yotqizganlar. Rimliklar harbiy aravasining kengligi 4 fut 8,5 dyumni tashkil qiladi. Ammo bir narsa tushunarsiz: birorta o‘lchov tizimida keltirilgan son butun hisoblanmaydi. Rimliklar nimaga asoslanib o‘z harbiy aravalarining kengligini aynan shu o‘lchamda qildilar ekan?

 

Sababi esa oddiy: harbiy aravaga odatan ikkita ot qo‘shilardi. 4 fut 8,5 dyum esa ikki o‘rtacha otning kengligi o‘lchami edi.

 

Qarangki, odamzod kosmosga uchayotgan bugunga kelib ham uning eng yuksak texnologiyalari 2000 ming yil avval u mingan otlarning o‘lchamiga bog‘liq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 268
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 334
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205880
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96439
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21819
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16709
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15949
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14215
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12275
Ommaviy madaniyat