Dunyoni larzaga solgan tabiiy ofatlar


Saqlash
11:08 / 05.08.2021 0 1250

 

Joriy yil nafaqat koronavirusning yangi turlari tarqalishi bilan, balki anomal isish va turli tabiiy ofatlar bilan ham jahon aholisiga bir qadar qiyinchiliklar tug‘dirdi. Quyida e’tiboringizga bir nechta ma’lumotlar havola etamiz.

O‘rmon yong‘inlari ichidagi Amerika

Jahondagi o‘rmonlarning 90 foizi Kanadada. Shu bois bu mintaqada yong‘inlar ko‘p kuzatiladi. Joriy yilda AQSh g‘arbidagi hududlarda sal kam 20 yil ichidagi eng yirik yong‘inlar qayd etilgan. Yong‘inda hosil bo‘lgan tutun Yevropaning shimoliy qismigacha yetib borgani ma’lum. Kaliforniya, Oregon, Vashington va Arizona shtatlarida kuzatilgan yong‘inlar anomal isish va chaqmoq urishi natijasida yuzaga kelgan.

Nafaqat ummonorti mamlakatidagi o‘rmon yong‘inlari, balki Avstraliya va Turkiyadagi (129 ta) kuchli o‘rmon yong‘inlarining sodir bo‘lishi natijasida hayvonot va nabodot olamiga jiddiy zarar yetdi.

Ma’lumot uchun, 1-avgust kuni yurtimizda, Zomin o‘rmonlarida ham yong‘in kelib chiqqani qayd etilgan.

Zilziladan ko‘rilgan zararlar

Yaponiyada bu yil mart oyida 7 balli zilzila natijasida tsunami yuzaga kelgan. Bundan tashqari, Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida esa 13 kishi halok bo‘lgan, 175 kishi turli darajada jarohatlangan. 10-iyul kuni tongda Tojikiston Respublikasi Tojikistonobod viloyatida kuzatilgan 5.9 balli yer silkinishi oqibatida 5 kishi tuproq ostida qolib halok bo‘lgan, 2 ta voyaga yetmagan bola jarohat olgan.

Sharq mamlakatlarida kuzatilayotgan kuchli sel

28-29-iyul kunlari sodir bo‘lgan sel oqibatida Hindistonning Kashmir shahrida 7 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi yo‘qolgan, ko‘plab odamlar uylari vayronaga aylangan. Dunyoning eng seysmik zonalaridan biri Yaponiyada sunami, toshqin va ko‘chki ko‘p kuzatilishi sir emas. 9-10-iyul kunlari yoqqan kuchli yomg‘irlar oqibatida ko‘chki hosil bo‘ldi. 300 kishi evokuatsiya qilindi. Kumamoto, Miyozaki va Kagoshima shaharlari talofot ko‘rdi. 9 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi g‘oyib bo‘lgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13-iyul va 20-iyul kunlari Namangan viloyatining bir nechta hududlarida kuzatilgan kuchli sel va toshqin natijasida 130dan ortiq kishi evokuatsiya qilingan.

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 268
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 335
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205882
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96440
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22675
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 21820
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16712
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15950
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14217
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12276
Ommaviy madaniyat