Halolidan qoʻymasin


Saqlash
17:04 / 12.04.2023 0 1328

Navroʻz bayrami munosabati yaqinlar bilan diydorlashish uchun qishloqqa borgandim. Yakshanba kuni ukam telefon qilib, “Aka, otam bilan ikkingiz mashina bozorga chiqib, maʼqul kelsa “Nexia-1” oling” deya iltimos qildi. Otamni ovora qilgim kelmay, doʻstim bilan bozorga chiqdim. Obdon aylanib yurib, koʻnglimizga yoqqan “Nexia-2”ni savdolashmoqchi boʻldik. Avtomobil oldida ikki yigitdan biri egasi, boshqasi savdogar ekan. 60 millionga bermadim, biroz qoʻshsangiz, mashina sizniki, deyishdi. Rossiyadagi akam ham biroz pul qoʻshadigan boʻlib, 61 million 500 mingga kelishdik. Shundan soʻng, bu “jonivor”ni notariusga olib borib, rasmiylashtiramiz desam, yigitlardan biri “Oilam Shahrisabzda, ularni olib qaytishim kerak. Oʻsha yerda oldi-sotdi qilamiz” deb qoldi. Hech narsadan shubha qilmay, chorshanba kuni Toshkentga Shahrisabz orqali yoʻlga chiqdim. Koʻrishganimizda, “Avtomobilning 150 ming soʻmlik jarimasi bor ekan, yopdik, aka”, dedi egasi. Notariusda oldi-sotdi qilib boʻlgach, telefonimga 1 095 000 soʻm toʻlov qilish kerakligi haqida xabar keldi. Lekin negadir chekka koʻra, 45 000 soʻm ortiqcha toʻladim. Shunda bildimki, mashinaning sobiq egasi berishi kerak boʻlgan 45 000 soʻm mening hisobimdan toʻlandi. Uncha katta pul boʻlmagani uchun aytishga xijolat boʻldim.

 

Toshkentga qaytgach, mashinaga yangi davlat raqami, “texpasport” olish uchun DANga murojaat qilganimda, 1 ta 300 000 soʻmlik, 1 ta 150 000 soʻmlik (15 % 105 000 boʻladi) jarimasi borligi maʼlum boʻldi. Ikkalasi ham “Nexia”ning avvalgi egasiga tegishli edi. Unga telefonda vaziyatni tushuntirganimdan keyin uzr soʻrab, plastik kartamga 450 000 soʻm oʻtkazib berdi. Kassada pulni toʻlarkanman, bir narsa eʼtiborimni tortdi: Toʻlov jami komissiya soligʻi bilan 419 000 soʻm boʻldi. Kartamda esa undan ortgan 31 000 ming soʻm qolgan, shu tarzda haligi yonimdan toʻlaganim – 45 000 soʻm deyarli oʻz oʻrniga qaytgandi. Lekin mashinaning sobiq egasi uchun bu pul 10 barobar koʻproqqa, yaʼni 450 000 soʻmga aylandi. Shuni oʻylarkanman, xayolimda bir gap aylanardi faqat: “Halolidan qoʻymasin”.

 

Ma'rufjon RAHMONOV

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 237
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 468
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205219
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96045
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22296
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20754
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16381
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15556
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13550
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12034
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya