Janubiy Koreyadagi vatandoshimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatdan avval ovoz berish uchun o‘z korxonasidan joy ajratishini bildirdi

Saqlash
11:09 / 09.09.2021 792 0

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi va uni Koreya Respublikasi hududida tashkil etish bo‘yicha Suvon shahridagi faol vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi vakillari hamda Suvon shahrida o‘z biznes faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdilar.

Suvon shahrida joylashgan «Sumsung electronics» kompaniyasi tarkibiga kiruvchi yirik korxonalarda ko‘plab o‘zbekistonlik migrant ishchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, ushbu mintaqadagi «Ajou» universitetida tahsil olayotgan talabalarimizning soni ham salmoqli.

Vatandoshlarga O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampanisiyaning borishi, bu boradagi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Koreya Respublikasi hududida tashkil etiladigan saylov uchastkalari, jumladan, Suvon shahrida o‘tkaziladigan muddatdan oldin ovoz berish joylarini belgilash, saylov jarayonlarida elchixona vatandoshlarimiz ko‘magiga tayanishi ma’lum qilindi.

Uchrashuvda tadbirkor vatandoshimiz Vissarion Shek ko‘p yillardan buyon Suvon shahrida biznes bilan shug‘ullanib kelishini, shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari va milliy o‘zbek taomlarini koreys va boshqa xorijiy fuqarolar o‘rtasida namoyish qilayotganini ta’kidladi. U ko‘plab yurtdoshlarimiz bilan yaxshi aloqalari mavjudligini bildirib, o‘z korxonasi binosida muddatdan oldin ovoz berish joyini tashkil etish uchun alohida xona ajratishini bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish