71 yoshli onaxon saylash huquqini qo‘lga kiritdi

Saqlash
10:09 / 09.09.2021 733 0

Lyuli Qoraqulova 1992-yilda ba’zi sabablarga ko‘ra Tojikiston Respublikasidan Nishon tumaniga ko‘chib kelgan. Lekin yaqin-yaqingacha fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bilan Talimarjon shaharchasida istiqomat qilib kelardi. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq kuni kecha unga Nishon tumani IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari tomonidan fuqarolik pasporti topshirildi.

- O‘zbekistonga kelganimga ham 29 yildan oshdi. Boshqalar kabi saylovlarda qatnashib,  o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berish menga armon bo‘lib qolsa kerak, deb o‘ylardim. Shukur, odilona siyosat tufayli shu kunlarni ko‘radigan bo‘ldim. 35 million a’zosi bo‘lgan katta ahil oilaning to‘laqonli a’zosiga aylandim,- deydi 71 yoshni qoralagan Lyuli momo ko‘zida yosh bilan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish