Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari 24 soat ishlaydi

Saqlash
12:09 / 08.09.2021 1680 0

Toshkent shahar istirohat bog‘lariga tunu kun ishlashiga ruxsat berildi. Bu haqda hukumatning «Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorida aytilmoqda.

Toshkent shahar va tumanlarining asosiy vazifalaridan biri 2023 yilgacha poytaxtning ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 30 foizga yetkazish hisoblanadi.

Hukumat, shuningdek, poytaxtning kamida 60 gektar maydonida attraksionlardan xoli bo‘lgan jamoat istirohat bog‘ini hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘larini barpo etish vazifasini yukladi.

Bundan tashqari, prezident shu yilning kuzida va kelasi bahorda 125 million tup daraxt ekish, viloyat markazlari va shaharlarida kamida ikkita yashil zona va jamoat bog‘larini yaratish topshirig‘ini qo‘ygan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish