Nukusda Ikkinchi Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi

Saqlash
10:09 / 08.09.2021 1162 0

Festivalda mahoratli baxshilarni saralab olish maqsadida joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari Nukus shahrida baxshilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va O‘zbekiston san’ati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sayillar, baxshichilik san’ati tarixiga oid ko‘rgazma, o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlar hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Festival doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyani epidemiologik vaziyatni inobatga olgan onlayn va offlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish