Turkmanboshi O‘zbekistonga keladi

Saqlash
10:09 / 07.09.2021 998 0

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tez orada rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda uning o‘zi bugungi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Tashrif davomida hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanadi. Turkmanboshi bosh vazir o‘rinbosari Esenmurat O‘razgeldiyevga keyingi haftada bo‘lib o‘tadigan o‘zbek-turkman haftaligiga puxta tayyorlanishni topshirgan.

Keyingi haftada Toshkentda savdo iqtisodiy, iltiy-texnik va madaniy aloqalar bo‘yicha o‘zbek-turkman hamkorlik haftaligi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu yig‘ilishda oliy darajadagi kelishuvlar imzolanishini aytgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish