Yangi metro poyezdlari ishga tushdi

Saqlash
10:09 / 07.09.2021 952 0

   Yangi poyezdlarning sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshladi, deya xabar beradi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning axborot xizmati. 

   Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda ta’kidlanganidek, endi Chilonzor yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig‘iz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish