Prezidentning haftalik ish rejasi ma'lum qilindi

Saqlash
12:09 / 06.09.2021 814 0

Shavkat Mirziyoyev joriy haftada O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda ma’lum qildi.

- Bayram kunlari o‘tdi. Endi tadbirlarimiz ko‘payadi. Jumladan, bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi, dedi Sherzod Asadov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish