I MDH o‘yinlari: belbog‘li kurashchilarimiz 11ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Saqlash
12:09 / 06.09.2021 976 0

Joriy yil 4-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida start berilgan I MDH o‘yinlari dasturidan belbog‘li kurash ham o‘rin olgan.

Nufuzli musobaqaning belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida jami 14 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Yosh va umidli polvonlarimiz bosh murabbiy Usmon Mahamatov rahbarligida musobaqada har jihatdan munosib ishtirok etishdi.

Minsport.uz

 

Quvonarlisi, polvonlarimiz 5 sentyabr kungi bellashuvlarda 7ta oltin, 3ta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, norasmiy umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

I MDH o‘yinlarining belbog‘li kurash musobaqalarida o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

 

Oltin medal sohiblari:

-52 kg: Farangiz Abdunabieva,

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova,

-75 kg: Nusratbek Sultonboev,

-90 kg: Oybekjon Muhammadov,

-57 kg: Kamronbek Ortiqov,

-68 kg: Oybek Sultonov,

-82 kg: Muhammadjon Rasulov,

 

Kumush medal:

 

-48 kg: Mohigul Ibragimova,

-58 kg: Biybigauxar Polatbaeva,

-76 kg: Zemfira Azatova,

Bronza medali:

+76 kg: Munisaxon Nosirova.

Shu tariqa belbog‘li kurashchilarimiz Qozon arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarilishiga erishdi. Vakillarimiz jami 11ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Rossiya terma jamoasi 4 ta oltin, bitta kumush va 6 ta bronza medali bilan ikkinchi, 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqqan Qozog‘iston terma jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish