O'zbekistonlik bokschi qizlar I MDH o'yinlarida 11 ta medalni qo'lga kiritdi

Saqlash
11:09 / 06.09.2021 1313 0

Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

5-sentyabr kuni boks bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tgan final bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 3 ta oltin, 6 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Minsport.uz

 

Bugungi bellashuvda Gulsevar Ganiyeva, Sitora Bahodirova, Oysha Toirovalar oltin, Robiyaxon Baxtiyorova, Shaxina Ne’matova, Ra’no Muratbaeva, Sanobar Bozorboeva, Oltinoy Sotimboeva hamda Muxlisa Toxirova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

4-sentyabrda bo'lib o'tkan bahslarda hamyurtlarimizdan Guldana Tileubergenova hamda Uzukjamol Yunusova 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. 

Minsport.uz

 

Shu tariqa, qizlar o‘rtasidagi boks bahslari yakunida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, umumiy hisobda 11 ta medalni O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga kiritdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish