Bugun tongda maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi

Saqlash
10:09 / 06.09.2021 992 0

Bugun 6 sentabr kuni yurtimizning bilim maskanlarida ilk qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 083 ta umumta’lim maktabda darslar an’anaviy shaklda boshlangan.

Birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarning soni 600 mingga yaqin bo‘lib, ularga Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar bepul topshirildi. 

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00 da karantin qoidalariga rioya qilingan holda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etildi. “Mustaqillik dars”lari mobaynida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi. Ushbu dars boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 2 soat, yuqori sinf o‘quvchilari uchun 5 soat hajmida o‘tkaziladi.

Shuningdek, ma’lum sabablarga ko‘ra maktabga bora olmagan bolalar uchun “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali  ham  uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan.

 

Surat Yangi hayot tumani 8-umumta’lim maktabining "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiridan olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish